Mahmud As’ad Jo’shon haqiqiy sevgi



Yüklə 128,8 Kb.
səhifə12/29
tarix22.12.2022
ölçüsü128,8 Kb.
#77273
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Haqiqiy sevgi

BURCHIMIZ BIRODARLIKDIR
Alloh sizlarga amr etganidek: «Ey Allohning qullari, bir-biringizga birodar bo‘lingiz».
Ko‘ring, bir uyda ulg‘aygan, ota-onasi bir insonlar bir-birlarini qandoq yaxshi qo‘radi, yaqinlik tuyadi, bir-birlarini qandoq qo‘llab, qandoq yordamchi bo‘ladi bir-birlariga!.. Islom ana shundoq bir oiladir! Alloh taolo hazratlari Qur’oni karimda musulmonlarni bir- birlariga birodar qilgan va musulmonning musulmonga birodarlik qilmog‘ini amr etgan. Ana, Alloh Qur’onda amr etgani kabi, Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) ham: «Ey Allohning qullari, bir-birlaringizga birodar bo‘lingiz, qardosh bo‘lingiz», deb marhamat etadilar. Birodarlikning insonga beradigan ma’naviy darajalarini ta’riflamoq juda qiyin. Birodarlik qilganlarga juda yuksak ma’naviy daraja bergaydir Alloh taolo hazratlari.
Arshi a’loning ko‘lkasida ko‘lkalangaylar.
Insonga muhabbat ato etgan darajaning yuksakligi xususida ikki narsani ta’kidlamoqchiman:
Alloh taolo hazratlari amr etganidek bir-birlari bilan do‘st bo‘lgan, birodar bo‘lgan, muhabbatli do‘st bo‘lgan insonlar, qiyomat kunida, mahshar kunida boshqa insonlardan ayrilib turguvchi bo‘ladi.
Odamlar juda izdihomli, juda uqubatli, juda qo‘rquvli bir holatda turgan paytlarida, har kim qiynoq-iztirobda turgan bir holatda, quyosh tepalariga kelgan, boshlarini qizdirib yuborgan, terlarga g‘arq bo‘lgan, ter yerlarni ho‘l qilib, hatto ko‘tarila boshlagan, hatto ter tizzalariga qadar, bellariga qadar, qay birlarining og‘izlariga qadar, quloqlariga qadar chiqqan… Ya’ni dunyodagi gunohlari, ayblari tufayli, Mahshargohning o‘rtasida kutish azobi ichra og‘ir qiynoqlar chekadilar. Yaxshilik qilganlar, sadaqa berganlar nisbatan bu qiynoqlardan mahfuz – himoyalangan bo‘ladilar. Qilgan yaxshiliklari, bergan sadaqalari boshlariga soya bo‘ladi! Quyoshning bundoq haroratini his etmaydilar. U qiynoq- uqubatlarni unchalik to‘ymaydilar.
Ammo ba’zi muhtaram qullar, muborak qullar suyukli qullar Arshi a’loning ko‘lankasida ko‘lkalangaylar… Yuzlari nurli, minbarlarga chiqqan, minbarlari nur, ustlaridagi kiyimlari nur, yuzlari nur… Hamma ularga havas qilgay. «Kim ekan bu muborak zotlar?» deb hamma hayron, hamma havas qilgan, hamma ularning holatiga tamshanib boqqan.
Hodisa bayon qilinganida ashobi kirom Payg‘ambarimizdan so‘raydilar:
– Yo Rasulalloh, siz ta’rif etgan bu muborak zotlar kimlardir? Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
– Bular bir-birlarini Alloh uchun, Alloh yo‘lida sevib-yaxshi ko‘rib, muhabbat bog‘lab, do‘st bo‘lgan kishilardir, muhabbatlashgan kishilardir.
Payg‘ambar emas, shahid emas… Ammo hamma ularning yuksak martabalariga havas qilgay. Bular Arshi A’loning soyasida, nurdan bo‘lgan minbarlarda o‘tirgaylar; insonlar izdihomli, qiynalgan, terlarga botgan; bular soyada; boshqa insonlar qiynoqda, bular minbar ustida, Allohning ikromiga sazovor! Haligilar ellik yil kutmoq qiyinchiligi ichida ekan, Alloh ularga bu qiynoqli, uqubatli vaqtni hech sezdirmaydi. Pastdagilarga juda og‘ir, qiyin bo‘lgan bunday vaqt bular uchun bir namoz o‘qib olgulik fursat kabi g‘oyat oson, yengil kechadi.
Albatta, bular jannatga kirgaylar va mehr-muhabbatlari, do‘stlik va birodarliklari tufayli jannatda Alloh taolo hazratlari bularga shundoq istisno ikromlar qo‘rsatgayki, shundoq ko‘shklar baxsh etgayki, aslo ta’riflarga sig‘mas… Bu muboraklar ko‘shklarning ayvonlariga chiqqan paytlarida jannat yorishgay.
Aytiladi-ku, jannatda soyalar ostida hamma shunday safo qilgay. Ammo bular ayvonga chiqqanlarida, yuzlarining nuridan jannat yorishgay. Qorong‘u bir kechada oy yoritgan bir pallani yoki dunyoda shunga o‘xshash bir narsalarni eslashimiz mumkin. Shundoq, bular «ayvonga chiqdi» deb jannatning har tomoni yorishgay va jannat ahli bir-birlariga degaylarki, «Bir-birlarini Alloh uchun sevganlar bir muborak ayvonga chiqibdi, qani yurgil, ularni tomosha qilamiz». Ya’ni, tomoshasi ham bir safo! Demakki, yoqimli bir manzara: ularni ko‘rmoq uchun jannatdagi insonlar to‘planishadi, «Bularni tomosha qilgani boramiz», deyishadi.
Xuddi porloq yulduzlarni yerdagi insonlar tomosha qilgani kabi, yuksaklarga boqgaylar. Ul muboraklarning siymolarini tomosha qilmoqlikda boshqacha bir zavq, ayricha bir lazzat bo‘lgaydir, demak…
Birlik va hamdamlikning ahamiyati.
Inson birlik va hamdamlikni istaydimi yoki bir-birlariga qarshilik, g‘avg‘o, xafalik, tortishuv, hasadchilikni istaydimi? Qay birini istaydi?
Keling, bu sahih hadisi sharifning ma’nosini hayotimizga joriy qilaylik, u qulog‘imizdan kirib, bu qulog‘imizdan chiqmasin. Bir-birimizga dushmanlik qilmaylik, aloqalarni uzib, buzib bir-birimizga nasib etgan ne’matlarni qizg‘anib, bir-birlarimizga qarshi bo‘lib qolmaylik…
Musulmonlar bir maydonga kelsa, ko‘p yaxshiliklar yuzaga kelgay.
Alloh barchamizga sevgining totini tottirsin. Sevib, Alloh istagandek, Rasululloh tavsiya etganlaridek, do‘st, birodar bo‘lmoqni, birodarlardek yashamoqni, sevib yashamoqni, fidokorlik qilmoqni, ikromda bo‘lmoqni, hadyalashib, salomlashib, yordamlashib, yashamoqni Rabbimiz barchamizga nasib aylasin!

Yüklə 128,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin