Mahmudxo'ja behbudiy padarkush (drama) padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi


ARTUN. Bosh ustina. Hozir kelur (pulni olar, icharlar. Liza kirar). LIZA



Yüklə 94,35 Kb.
səhifə10/10
tarix20.11.2023
ölçüsü94,35 Kb.
#162230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Padarkush dramasi

ARTUN. Bosh ustina. Hozir kelur (pulni olar, icharlar. Liza kirar).
LIZA. Dobriy vechrim! (hammasi-la ko‘rishar).
DAVLAT. Isprizdim, ispasibo, ispasibo, prixal...
LIZA. Mersi (o‘lturar).
DAVLAT. Suz, Lizaning salomatligiga.
NOR (suzar, cho‘qishtirib). Lizaning salomatligiga ura, ura (icharlar).
Nor ashula o‘qur, tashqaridan hushtak sadosi kelar, oyoq tovushlari eshitilar. Majlisdagilar sarosima, hayron bo‘lar. Silohlik politseyskilar, pristuf, qorovullar bostirib kirarlar. Liza ochar.
Politsiya to‘rt nafarni ushlar, ba’zisi buyumlarini va har tarafni axtarur, qonlik pichoq va to‘pponchani topar. To‘pponchani pristufga topshirar. Iskab ko‘rar, o‘qini bo‘shatar.
Tangriqul va Toshmurod qochar. Qorovullar ushlar.
Toshmurod ho‘ngir-ho‘ngir yig‘lar, betoqat bo‘lur.
Pristuf ishorat qilur. Qo‘lkishanni keltirib, Tangriqul va Toshmurodga urarlar. Bashka ikkisining qo‘li bog‘lanur.
Pristuf gunohkor va qorovullarni saf qildirur.
ZIYOLI. (kirar, gunohkorlarga qarab afsus qilur. Odamlarga qarab). Ilm va tarbiyasiz bolalarni(ng) oqibati shuldir. Agarda bularni otasi o‘qutsa edi, bu jinoyat va padarkushlik alardan sodir bo‘lmas va bular ichkilikni bo‘yla ichmasdi, xun beg‘ayri haqqin qilmas edi. Umri boricha Sibir va bandg‘a va qiyomatg‘a jahannamg‘a qolmas edi. Agarda bular ichkilik ichmasa edi, dunyo va oxiratda ilalabad azob va mehnatda qolmas edi. Oh, haqiqatda boyni o‘ldirgan va bu yigitlarni azobi abadiyg‘a giriftor qilgan beilmlikdur. Bizlarni xonavayron, bachagiryon va bevatan va bandi qilg‘on tarbiyasizlik va jaholatdur: bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqru zarurat va xorliklar hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidur. Dunyoga taraqqiy qilgan xalq ilm vositasi ila taraqqiy qiladi. Asir va zabun bo‘lganlar-da beilmlikdan. Modomiki, bizlar tarbiyasiz va bolalarimizni o‘qutmaymiz, bul tariqa yomon hodisalar va badbaxtliklar oramizda doimo hukm-farmo bo‘lsa kerak. Bu ishlarni yo‘q bo‘lmog‘iga o‘qumoq va o‘qutmoqdan boshqa iloj yo‘qdur. Ollohu taolo boshqalarga hamisha ibrat va sizlarga sabr bergay.
PRISTUF (amirona). Hayda, turma, marsh (yo‘naladur).
Yüklə 94,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin