Mahmudxo'ja behbudiy padarkush (drama) padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi



Yüklə 94,35 Kb.
səhifə3/10
tarix20.11.2023
ölçüsü94,35 Kb.
#162230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Padarkush dramasi

DOMULLA. Izzatni nari qo‘yduk, agarda o‘g‘lingizni o‘qutsangiz, daftaringizni yozar, namozingizni va musulmonchiligini yaxshi bilur va ham sizga savob bo‘lur.
BOY. Mirzalik oson, mana, Xayrulloga oyinda yetti so‘m beraman, kunduzlari mirzalik va oqshomlari mehmonxona ishini qilar va hatto, uyqum kelguncha xodimlik qilar, kitob ham o‘qub berar.
DOMULLA. Shariat ilmi va zaruriyati diniyani bilmoq uchun boyvachchani o‘qutmoq, albatta, sizg‘a lozimdir.
BOY. Shariat ilmini o‘qitmoqni lozim bilmayman, chunki ani mufti yo imom va muazzin qilmoqchi emasman, azbaski davlatim anga yetar.
DOMULLA. Zarurati diniyaga ne dersiz?
BOY. Men o‘zim besh vaqt namozni keraklik duolari ila bilurman. O‘zim o‘rgaturman.
DOMULLA. Xat va savodga ne dersiz? Holbuki, savodi yo‘q odam hech nimaga yaramaydur.
BOY. Bu fikringiz g‘alat, chunki mani savodim yo‘q, bovujud, bu shahrimizning katta boylaridandurman va har ishni bilurman.
DOMULLA. Siz ilgari zamonda bir navi ila boy bo‘lubsiz, ammo endi boy bo‘lmoq nari tursun, faqat ro‘zg‘or o‘tkarmoq uchun (ham) ilm kerak. Ko‘ramizki, yigirma-o‘ttiz yildan beri barcha savdo ishlari armani, yahudiy va boshqa ajnabiylar qo‘lig‘a o‘tdi, muni sababi bizlarning o‘qumag‘onimizdur. O‘qumagan boyvachchalarni ko‘ramizki, ota molini barbod etar va oxiri xor va zor bo‘lur, binobarin, o‘g‘lungizni o‘qutmoqni sizga taklif qilurman.
BOY. Ay, domullo! Siz manga tahqiqchimi? O‘g‘ul maniki, davlat maniki, sizga nima? O‘quganni biri siz, yemoqg‘a noningiz yo‘q, bu holingiz ila manga nasihat qilursiz. Xayrullo! Mehmonxonani qulfla, uyqum keldi (Xayrullo la’li va asboblarni jamlab, muntazir turar).
DOMULLA (odamlarga qarab). O‘qumoq va mulla bo‘lmoq uchun pul kerak, badavlatlarimizni holi bul, bas, bu ketish ila nauzambilloh, dunyo va oxiratga rasvo bo‘lurmiz, o‘qumoq barcha musulmonga, erkak va yo xotin bo‘lsun, farz edi. U qayda qoldi? Oh, voy bizni holimizga! (Boyga qarab). Boy, man sizga amri ma’ruf etdim va menga shariat bo‘yicha lozim bo‘lgan ishni bo‘ynumdan soqit qildim. Inshoolloh, mo‘ylab chiqarib, alifni tayoq demayturgan o‘g‘lungiz holini ko‘rarmiz va o‘qutmaganingiz uchun gunohkor bo‘lursiz (domulla nos chekar).
BOY. Ay, domullo! Manga nasihatchi keragi yo‘q, bezor qildingiz, (odamlarga qarab)ishimdan, uyqumdan bu odam mani qoldirdi. Xayrullo, mehmonxonani qulfla (domulla arazlab chiqib ketar, boyni dimog‘i kuyib o‘lturar. Ziyoli musulmon kirar, palto va asosini mixga qo‘yar, boy ola-ola qarar, xushlamas).

Yüklə 94,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin