Reja: Hamza Imonberdiyevning hayoti va ijodi



Yüklə 27,84 Kb.
tarix03.12.2023
ölçüsü27,84 Kb.
#172163
Hamza Imonberdiyevning hayoti va ijodi111111


MAVZU:Hamza Imonberdiyevning hayoti va ijodi
Reja:
1. Hamza Imonberdiyevning hayoti va ijodi
2.Hamza Imomberdiyevning she’rlari.
3. Bolalar kitobxonligi haqida. 

1reja Hamza Imonberdiyev ijodida istiqlol g‘oyalari ifodasi .Hamza Imonberdiyev - (1954-1997) o‘zbek shoiri. Qozogʻiston Respublikasining Chimkent viloyatiga qarashli ''Suzoq'' qishlogʻida dehqon oilasida tug'ildi. O‘rtada maktabni aʼlo baholar bilan tamomlagach, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga oʻqishga kirib, uni imtiyozli diplom bilan bitiradi. Shoir uzoq yillar ''Tong yulduzi'' gazetasining adabiyot bo‘limini boshqaradi. 1986-yilda ''Choʻlpon'' bolalar nashriyoti tashkil topgach, shu nashriyotda umrining soʻnggi damlarigacha muharrir vazifasida xizmat qildi. Hamza Imonberdiyev (1954-1997) shu ma’noda o`zbek bolalar adabiyoti rivojiga hissa qo`shgan shoirlardan. U uzoq yillar "Tong yulduzi" gazetasida, so`ngra, 1986-yildan umrining so`nggi damlarigacha "Cho`lpon" bolalar nashriyotida faoliyat ko`rsatgan. Uning turli yillarda nashr qilingan "Quvnoqlar quvonchi", "Shokoladxo`rlar", "G`aroyib pufak", "Kulgi shaharchasi", "Oydagi tomosha", "Lofchilar – aldoqchilar", "G`aroyibkent hangomalari", "Bir kunlik mo’jiza" singari she’riy va nasriy to`plamlari bolalar kitobxonligida shuhrat qozongan. Shoir she’rlarida bolalarning xarakter-xususiyati, orzu-o`ylari aks etgan. Masalan, "Bir so`z" she’rida Loladan astoydil ranjigan, unga birgina "shaddod" degan so`zi uchun "badbashara", "xumbosh" kabi yomon so`zlarni eshitganidan arazlab, boshqa o`rtoq topishga ahd qilgan bola timsoli gavdalanadi.


2-reja Hamza Imomberdiyevning she’rlari ."Urishqoqlar"da esa o`g`il bolalar ko`proq o`ynaydigan "urush-urush" o`yini manzarasi chizib berilgan. Ayniqsa, qo`lda yog`och-avtomat bilan kalishlardan esa granata o`rnida foydalanishlari, bir-birlarini poylab turib, "o`q" uzishlari bolalar tilidan mardona hikoya qilinadi.
Paq-puq, otdim, yiqil,– deb. Dushman tan olmas:– O`qing Qiyshiq ketdi,–nuqul deb. Hamma bola o`yinda
"Jang" qiziydi tobora…
Faqatgina Nodir bu jangga qo`shilmay, raketa yasash bilan ovora bo`ladi.
Chunki:
Urishqoqlar ichida
Yashab netaman,– der u. Olis sayyoralarga
Uchib ketaman,– der u.
Buni eshitib, qolgan bolalar “o`zing bilan bizni ham ola ket”,– deb so`raydilar.
Do`stlari rozi bo`ladi:
Chiqinglar,– deb imlaydi. – Biz kashf etgan sayyora Urush nima bilmaydi!
Bolalar garchi "urush-urush" o`ynasalar ham, aslida, urush nimaligini bilmaydigan sayyorani kashf etmoqchi. Uning salbiy oqibatlarini his qila olgan bolagina shunday fikrlaydi. Barcha bolalar tinchlikni sevishlari Nodirga ergashib ketmoqchi bo`lgan do`stlar niyatidan anglashiladi. Binobarin, H.Imonberdiyev yosh qahramoni tilidan, urushqoqlar o`yinini qoralaydi. Ular orasida yashashni xohlamaydi.
Shu o`rinda shoirning "Alla" she’ridagi quyidagi misralar ham e’tiborli:
Ana, Bo`ri kelyapti!
Uxlay qol, ovunchog`im. Qo`y shunday deb qo`rqitib, Uxlatar qo`zichog`in. Vuy, anovi ilonni!
Uxla tez, bolajonim, –
Chumchuq shunday qo`rqitib, Uxlatar polaponin.
Uxla, Olabo`jiyov
Ko`rsatgan qorasini.
Odam shunday qo`rqitib, Uxlatar bolasini.
Ona Burgut allalar:
Uxla, kuchga to`lib o`s. Ushbu tog`-tosh, osmonning Hukmdori bo`lib o`s!
Pisand etmay xatarni
Shundanmi polaponi,
Tushlarida charx urar
To`ldirib keng samoni.
Nazarimizda, ushbu kichik she’r ulkan ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o`zbek bolalar adabiyoti mustaqil O`zbekistonning kelajagini yaratuvchi yosh avlod tarbiyasiga mas’ul ekan, farzandlarimizning erksevar, mard, komil insonlar bo`lib yetishuvi yo`lida doimo baland pardalarda yangramog`i kerak. Toki ijodkorlarimizning har bir asari yosh kitobxon qalbida ezgulik, insoniylikning bir niholi ildiz otishiga xizmat qilsin. Ushbu she’r, dastavval, ana shu jihati bilan e’tiborga loyiq. Chunki, ona burgut polaponi qalbiga "ushbu tog`tosh, osmonning hukmdori bo`lnb o`sish"ni go`dakligidan alla bilan singdirayotganligi sababli burgutcha hatto tushida ham keng samoni to`ldirib charx uradi. Xuddi shuningdek, mustaqil ona yurtimizning kelajagi bo`lmish farzandlarimiz ham bolalikdan o`zlarining shu aziz Vatan egalari, uning baxtsaodatini, porloq kelajagini yaratuvchilar ekanliklariga komil ishonch ruhida tarbiyalanmoqlari lozim.
Bular – masalaning ijtimoiy, ilmiy va amaliy jihatlari. Biroq muammoning ahamiyati bulardan kam bo`lmagan badiiy-estetik jihati ham mavjud. Zero, she’riyat bolalar uchun beg`ubor go`zallik, mehribon va talabchan murabbiydir. She`riyatga oshno qalblar go`zallikni his qiladi, zavq oladi, bunday qalbning o`zi ham go`zal bo`ladi. Ana shu ma’noda ushbu she’r hayotga endigina qadam qo`yib kelayotgan yosh avlodning pok qalbini go`zallik nuri bilan munavvar qiladi, bu beg`ubor qalblarga ezgulik urug`ini sochadi, ularni go`zal ona Vatanimizning porloq kelajagini yaratuvchi tom ma’nodagi go`zal Insonlar qilib tarbiyalashdek mas’uliyatli ishga o`zining xolis hissasini qo`shadi.
H.Imonberdiyev she’rlari qahramonlari haqida gap ketar ekan, ular safi rangbarangligini qayd etish kerak. Bu qahramonlar orasida do`stining imtihondan o`tishiga "yordam" beradigan Toshmatday "mehribon" "Vohay bola"chilar ham, Ali-Valiga o`xshash lofchilar ham, hayotga jiddiy boqadigan, o`z o`rni, insoniy qadr-qimmatini hamma narsadan ustun qo`yadigan, qadri uchun noteng kurashdan ham qaytmaydigan G`anichaga o`xshashlari, biroz hazilkashroq, ozgina shirinlikka o`chroq, ozgina o`yinqaroqroq, ozgina yalqovroq bolakaylar ham yosh kitobxonlarga begona emas, bu "qahramon"lar qiyofasida ular darrov o`zlarini tanib oladi.
Ular orasida "O`jarlar" turkumining qahramoni G`anicha va "G`alati Omon" turkumidagi Omonni alohida tilga olish joiz. G`anining jussasi kichikligi, zaifligi uchun ismiga kichraytiruvchi "cha" qo`shimchasi qo`shilgan. Biroq shunisi qiziqki, qishloq bolalari zo`ravon, "qishloqning shefi" deb nom chiqargan Sanjarni ko`rishlari bilan tumtaraqay bo`lib ketishsa, o`jar G`anicha tap tortmay turaveradi, Sanjar uni har qancha kaltaklasa ham, suvga pishsa ham cho`miladigan joydan ketmaydi. Chunki u cho`miladigan joy birgina zo`ravon Sanjarga emas, barcha bolalarga tegishli deb hisoblaydi. Qo`y boqishga chiqqanlarida bolalarning barchasi navbatma-navbat Sanjarning qo`ylarini boqishsa, ushoqqina G`anicha Sanjarga xizmatkor bo`lishni istamaydi va o`jarligi uchun yana Sanjardan kaltak yeydi. Hamqishloqlari har qancha "bu yo`lingdan qayt, bo`lmasa kaltak tagida mayib bo`lib ketasan" deyishsa-da, u yo`lidan qaytmaydi, haqiqat yo`lida, insoniy qadr-qimmat yo`lida o`zidan kuchli raqib bilan ham tinmay mushtlashaveradi:
Navbatdagi haqorat
Toshi otilgan payti, G`anidagi jasorat Iziga ketdi qaytib.
"Menga nima olishib, Hech biri olmas yonim. Nima azob solishib Og`ritib shirin jonim.
Itligin qo`ymas anu,
Qancha yonmay, kuyinmay..." Shu choq diliga qo`rquv Bosib keldi quyunday.
G`ani bir dam tosh qotdi, Borliq rangin yo`qotdi. Oyoq-qo`li bo`shashib, Turib qoldi karaxtday.
Qalqib ketdi, kesilib
Qulayotgan daraxtday.
Birdan hayqirdi: - Yo`q! Yo`q! Va Sanjarga tashlandi. Yana mushtu yana do`q, Yana ur-sur boshlandi.
Ha, bu gal ham qochmoqni Ep bilmadi G`anicha. Ko`p-xo`p yedi kaltakni, Solishdi to`yganicha.
Har yon ketdi raqiblar Bir-biriga demay so`z.
Barcha bola jim boqar,
G`anichadan uzmay ko`z.
Ushbu she’rda shoir qahramoni xarakterini, fe’l-atvorini ancha jonli yaratishga erishgan. Shuncha voqealar bo`lib o`tganida G`anichaga "o`jarligingni qo`y, kaltak yeb mayib bo`lib ketasan" deb "maslahat" berishgagina yaragan, haqiqatning yonini olishga botinmagan, joni ko`ziga aziz ko`ringan bolalar oxirida G`anichaga hech so`z demay, tikilib qoladilar. Aslida ham so`zga o`rin yo`q. Chunki haqiqat egilishi, bukilishi, haqoratlanishi mumkin, biroq sinib, yo`q bo`lib ketmaydi. Shu boisdan ushoqqina haqiqatning oxir-oqibat g`olib chiqishi tabiiy va u aslida, katta haqiqatga yo`l ochadi. Shu ma’noda bu she’r katta ijtimoiy-ma’rifiy ahamiyat kasb etadi: millionlab kilometr masofadan kelayotgan bir tutam nur yo`limizni yoritgani singari ushbu kichkinagina haqiqat ham qalblarga chiroq yoqadi. H.Imonberdiyev esa yuqoridagi singari adabiy obrazlari bilan "bugungi bolalar adabiyotimizning qahramoni kim bo`lishi kerak?",– degan savolga ham amaliy javob beradi. "Lofchilar-aldoqchilar" she’rida esa mutlaqo boshqacha tabiatga ega xushchaqchaq bolakaylar bilan uchrashasiz, ularning beg`ubor loflarini maza qilib tinglaysiz:
Ali, Vali lofchilar –
Xushchaqchaq aldoqchilar Rosa lofni urishar. Ko`pikdan uy qurishar, Maza qilib kulishar.
Ali debdi: – Vali, kel, Rasmimga baho ber. Qushcha chizdim ajoyib, Ajoyibu g`aroyib.
Ana u don yeyapti, Menga rahmat deyapti.
Vali boqsa varaqqa,
Shakl yo`q hech qanaqa.
Aldabsan-ku, qani don?
Qush yeb qo`ydi-da, nodon!
Yo`qotdingmi hushingni,
Ko`rmayapman qushingni?!
To`ygach, qushcha chirq etdi,
"Rahmat!" deb uchdi-ketdi!
Ali, Vali lofchilar
Xushchaqchaq aldoqchilar
Rosa lofni urishar, Ko`pikdan uy qurishar.
Maz-za qilib kulishar.
Ushbu satrlarni o`qish bilan har bir kishining ko`z o`ngida o`z yoshligi "yarq" etib namoyon bo`lishi turgan gap. Chunki deyarli har bir yosh bola, aslida, ana shunday ozgina lofchiroq, ozgina aldoqchiroq, ozgina vahimachiroq bo`lishi turgan gap. Shu bois ham yosh bolaning beg`ubor nigohi oddiygina tol chiviqdan chopqir duldul ot, oyoq botmas ko`lmakdan bepoyon ummon yaratadi va aslida, olamshumul kashfiyotlar ham ana shu beg`ubor nigoh mahsulidir. Shu sababli bu loflar–yolg`onlar ham kitobxonga zarracha malol kelmaydigan, bolakaylarning had-hudud bilmas xayolot olami bilan oshno qiladigan g`aroyib topilmalar sifatida Sizni beixtiyor ishontiradi, o`sha oppoq qog`ozda hozirgina don yeb yurgan qushchaning oyoq izlarini ko`rasiz.
Shunisi qiziqki, "Lofchilar-aldoqchilar"ni o`qib, Ali bilan Valining yolg`onlaridan xafa bo`lmaysiz, chunki ular yolg`on aytib birovni aldamaydilar, balki xayollariga kelgan loflarni bir-birlariga aytish bilan go`yoki kim zo`rroq lof aytishga bahslashadilar. Ularning loflari beg`ubor, bu loflarning yolg`onligini ularning o`zi ham bilib turadi, faqat mana shu kim o`zarga aytilgan loflardan bolakaylar o`zlaricha zavq topadilar.
"Qish tongida" she’ri tabiiy manzara talqiniga bag`ishlangani bilan diqqatga loyiq:
Erta tursam hovuzda Birov oyna solibdi. Ko`m-ko`k, tiniq, zilol suv Eng ostida qolibdi.
Oynani solgan usta Unutgan-ov, hoynahoy. Suv olishga ozgina Qoldirmabdi ochiq joy.
Bola tasavvuri, tafakkuri aynan shunday fikrlashga moyil. Zotan, she’r jonli tasvir asosida yaratilgan. Shoirning "Qo`pollik" she’rida esa kichkintoy bolakaylarning uchqur xayoli, qahramonlik ko`rsatishga moyil tabiati ochib beriladi. Ya’ni, qo`pollik qilib, akasidan "– Bor, ko`zimga ko`rinma, hech keraging yo`q",– degan do`qni eshitgan ukaning ginalari, shu bilan birga, akasining o`z yoniga kelishi uchun hatto: Balki sharga osilib, Uchaman oyga.
Balki minib G`irko`kni Jangga kiraman. Yog`och qilichim sermab Yovni qiraman. Dushman bilan solishib O`larman oxir.
Nima qila olardim Akamsiz axir.
Kelib qabrim boshiga
Akam bosh egar,
Kechir meni, uka, deb Balki yosh to`kar
degan xayollarga boradi. Shu payt "Uka!" deb akasi boshiga kelganda, xayollari har yoqqa sochilib ketadi. Yosh qahramonning xufton dili charaqlab ochilib ketadi va quyidagi qarorga keladi:
Akam bo`lsa yonimda Quvnab ketaman. Shunday akam turganda O`lib netaman?!
Chindan ham she’r voqeaband sujet asosiga qurilgan. Aka-uka munosabatlarida tabiiylik ustuvor. O`zbek oilalarida uka har doim akaga suyanadi. Aka ham o`z navbatida ukani suyaydi, ko`nglini cho`ktirmaslikka harakat va g`amxo`rlik qiladi. Bu hissiyot bolalikdan boshlanishi esa yuqoridagi she’rda yorqin aks etgan.
Umuman, H.Imonberdiyev she’rlarida fikr ustuvordir g`oyalar dolzarbdir, tasvir hayotiydir. Uning qator ertak-dostonlarida esa bahodirlik, mardlik motivlari kuylanadiki bu Sor burgutning o`z polaponini uchishga o`rgatishda baland qoyalardan pastga otib yuborishi orqali yanada yorqinroq aks etadi. Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar yosh kitobxonning nutqiga ham katta ta’sir ko’rsatadi, so’z boyligini oshiradi. Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni tabiatni sevishga, halol yashashga, ilm-fan cho’qqilarini egallashga, xalq uchun foydali yangkashfiyotlar qilishga o’rgatadi. Kitob xalqimizning o’tmishi, ilg’or madaniyatimiz, fan texnikamiz yutuqlari bilantanishtiradi, faxrtuyg’ularini o’stiradi. Shunday ekan, bugungi kunda bolalar ta’limtarbiyasida qudratli qurol bo’lgan bolalar adabiyotidan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas. Bolalar adabiyotining o’ziga xos qonuniyatlari bor: agar bu fanbo’limlarga ajratib o’rganilmas ekan, pala-partishlik, tushunmovchilik kelib chiqishi tabiiy. Eng avvalo kitobxonlik — kitob o’qish, tinglash, hikoya qilishdek talabga e’tibor berilishi zarur bo’lganamallar bor. Shunga ko’ra bolalar kitobxonligini o’quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko’ra quyidagichaguruhlargaajratish mumkin: 1.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha). 2.Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11 — 12 yoshgacha). 3.O’rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13— 14 yoshdan 15 — 17 yoshgacha). Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi. Bu davr bolalarkitobxonligi,asosan,otaonalar,buvibobolar,mahallaertakchilaritarbiyachilatomonidan amalga oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan bexabar bo’ladilar.Hatto oila a’zolari, uy hayvonlari, parranda-yudovdaraxtlargacha notanish bo’ladi. Kattalar o’qib, aytib, hikoya qilib beradigan asarlar bu davr bolalari uchun muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu davrbolalargao’qibberiladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo’lishi zarur. Shuningdek, bunday kitoblarning rasmlari rang-barang,harflariesayirikyirik bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Bog’cha yoshidagi bolalarga ham, avvalo, maqol va topishmoqlarni, so’ng hayvonlar haqida, umuman, tabiatni sevishga o’rgatuvchi ertaklarni aytib berish yoki o’qib berish juda foydalidir. Ularga mehnatsevarlikni o’yinlar orqali o’rgatilsa, yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Masalan, «Sholg’om», «Bo’ri bilan Qo’zichoq», «Tulki bilan Turna», «Tulki bilan uzum», «Ur, to’qmoq!» kabi masal va ertaklar bolalarni mehnatsevarlikka, tabiatni sevishga, rostgo’ylikka o’rgatadi, aldamchilik va xudbinlik, baxillik va ochko’zlik yomon illat ekanligini tushuntiradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar
1 Bolalar adabiyoti fani
2 Ziyo.uz inernet sayti
3 bilim ulashamiz teligram kanali
4hozir o’rgan sayti
Yüklə 27,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin