Uzunlik bo„yicha bir xillik indeksi - Uniformity Index (Unf) - tolalar
o„rtacha uzunligining yuqori o„rtacha uzunlikka nisbati bilan belgilanuvchi
ta‟rifboiib, foiz hisobida ifodalanadi.
Kalta tolalar indeksi - Short Fiber Index (SFI) - namunadagi uzunligi
0,5 duymdan (12,7 mm) kalta boigan tolalar ulushi bo„lib, foiz hisobida
ifodalanadi.
Nur qaytarish koeffitsiyenti - Reflectance (Rd) - sinalayotgan paxta
tolasi namunasi yuzasidan qaytgan yorugiik miqdori, foiz hisobida
ifodalanadi.
Sarg„ishlik darajasi - Yellowness (+b) - sinalayotgan namuna
tarkibida sarg„ishlik darajasi.
Tresh kod - Nrash Code (T) - notolaviy aralashmalar bilan ifloslanganlik
ko„rsatkichi, iflos aralashmalar maydonini 10 ga ko„paytirish yoii bilan
aniqlanadi. Masalan, agar iflos aralashmalar maydonining ulushi 0,4 % ni
tashkil etsa, Tresh kod 4 ga teng boiadi.
Iflos aralashmalar maydoni - Trash Area (Area) - HVI tizimi-da
oichov asboblari yordamida aniqlanadigan iflos zarrachalaming umumiy
maydoni, bu namuna yuzasini skanerlash yo„li bilan aniqlanadi hamda
tekshirilayotgan namuna yuzasi maydoniga nisbatan foiz hisobida
ifodalanadi.
Iflos aralashmalar soni - Trash Count (Cnt) - namunadagi diametri
0,01 duym (0,25 mm) va undan katta boigan alohida iflos zarrachalar soni.
Solishtirma uzilish kuchi - Strength (Str) - paxta tolasining pishiqligi
boiib, kalibrlanuvchi paxtaning HVI gradiuirovkasida (HVI Calibration
Cotton), gs/teksda (cH/teks) ifodalanadi.
Uzilishdagi uzayish - Elongation (Elg) - HVI tizimidagi
dinamometrda tolaning uzilishidagi uzayishi, foizlarda ifodalandi.
Dostları ilə paylaş: