GLOSSARIY Paxtaning tipi - paxta tolasining tipiga qarab aniqlanadigan paxtaning
texnologik tavsifi.
Paxtaning sinfi - paxtaning iflos aralashmalaming massaviy ulushi va
namlikning massaviy nisbati bo„yicha boiinishi.
Tolaning sinfi - paxta tolasini nuqson va iflos aralashmalarining
massaviy ulushi bo„yicha bo„linishi.
Momiqning tipi - momiqning shtapel uzunligi bo„yicha tavsifi.
Namuna - donador boimagan mahsulotning nazorat qilinayotgan
majmuasidan xulosa chiqarish uchun tanlab olingan miqdori.
Sinash uchun namuna - birlashtirilgan namunadan olingan
belgilangan usulga oid sinash oikazish uchun tayyorlangan paxta material i.
Paxta mahsuloti - paxtani qayta ishlash natijasida olingan tolali
mahsulot va chigit.
Paxta tolasi - paxtadan tola ajratish natijasida olingan tola mahsuloti.
Paxta momigi - paxtadan tola ajratilgandan keyin chigitda qolgan
kalta tola yoki chigitdan momiq ajratish natijasida olingan tolali mahsulot.
Paxta tozalash korxonasi - paxtani qayta ishlash bo„yicha sanoat
korxonasi.
Paxta tayyorlash maskani - paxtani yetishtiruvchi xo„jaliklardan
qabul qilib, uni jamlab, g„aram va omborlargajoylab, quritib tozalab paxta
tozalash korxonasiga jo„natishni amalga oshiruvchi paxta tozalash
korxonasining kichik boiinmasi.
Paxtani qayta ishlash - paxtadan paxta mahsulotlarini ishlab
chiqarish jarayonlari va operatsiyalari majmuasi.
Paxtani saralash - keltirilgan paxtani pishib yetilganlik koeffitsiyenti,
iflosligi va namligini hisobga olgan holda navlari va tashqi koiinishi
bo„yicha ajratish.
Jamlangan to„da - qabul qilinayotgan to„dalami jamlab tugatilgandan
so„ng paxtaning asosiy alomatlari bo„yicha bir turdagi massasi.
206