Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash



Yüklə 4,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/119
tarix27.12.2023
ölçüsü4,82 Kb.
#200623
növüУчебник
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119
masulotlarsifatinianiklasvasertifikatlas

22-rasm. HVI tizimi 
Mikroneyr ko„rsatkichi - Mikroare (Mic) paxta tolasi namunasining 
havo o„tkazuvchanligiga qarab tolaning ingichkaligi va pishib yetilganligini 
ta‟riflash.
Yuqori o„rtacha uzunlik - Upper Half Mean Length (UHM) - 
tekshirilayotgan namuna massasining yarmini tashkil qiluvchi eng uzun 
tolalarning o„rtacha uzunligi boiib, duymda yoki mm da ifodalanadi. Bu 
atama mazmuni «Yuqori yarim o„rtacha uzunlik» deb qilingan noto„g„ri 
tarjimasidan ham maium.
1/32 dyuymdan iborat shtapel uzunlik - Staple Length 32nds (Staple) - 
tolaning uzunligi bo„lib, u klassifikator tomonidan qo„lda tortilgan parallel 
tolalar shtapelini vizual, ya‟ni ko„z bilan ko„rib aniqlanadi va 1/32 duymda 
(masalan, 1/32), yoki kodda 1/32 oralig„iga barobar miqdordagi kodda 
aniqlanadi, ushbu misolda -33 ga barobar.
0„rtacha uzunlik - Mean Leng th (ML) - namunadagi barcha tolalarning 
o'rtacha uzunligi.
75 


Uzunlik bo„yicha bir xillik indeksi - Uniformity Index (Unf) - tolalar 
o„rtacha uzunligining yuqori o„rtacha uzunlikka nisbati bilan belgilanuvchi 
ta‟rifboiib, foiz hisobida ifodalanadi.
Kalta tolalar indeksi - Short Fiber Index (SFI) - namunadagi uzunligi 
0,5 duymdan (12,7 mm) kalta boigan tolalar ulushi bo„lib, foiz hisobida 
ifodalanadi.
Nur qaytarish koeffitsiyenti - Reflectance (Rd) - sinalayotgan paxta 
tolasi namunasi yuzasidan qaytgan yorugiik miqdori, foiz hisobida 
ifodalanadi.
Sarg„ishlik darajasi - Yellowness (+b) - sinalayotgan namuna 
tarkibida sarg„ishlik darajasi.
Tresh kod - Nrash Code (T) - notolaviy aralashmalar bilan ifloslanganlik 
ko„rsatkichi, iflos aralashmalar maydonini 10 ga ko„paytirish yoii bilan 
aniqlanadi. Masalan, agar iflos aralashmalar maydonining ulushi 0,4 % ni 
tashkil etsa, Tresh kod 4 ga teng boiadi.
Iflos aralashmalar maydoni - Trash Area (Area) - HVI tizimi-da 
oichov asboblari yordamida aniqlanadigan iflos zarrachalaming umumiy 
maydoni, bu namuna yuzasini skanerlash yo„li bilan aniqlanadi hamda 
tekshirilayotgan namuna yuzasi maydoniga nisbatan foiz hisobida 
ifodalanadi.
Iflos aralashmalar soni - Trash Count (Cnt) - namunadagi diametri 
0,01 duym (0,25 mm) va undan katta boigan alohida iflos zarrachalar soni.
Solishtirma uzilish kuchi - Strength (Str) - paxta tolasining pishiqligi 
boiib, kalibrlanuvchi paxtaning HVI gradiuirovkasida (HVI Calibration 
Cotton), gs/teksda (cH/teks) ifodalanadi.
Uzilishdagi uzayish - Elongation (Elg) - HVI tizimidagi 
dinamometrda tolaning uzilishidagi uzayishi, foizlarda ifodalandi.

Yüklə 4,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin