Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Aberdin-angus zoti. 
Bu zot ham Angliyadan kel- 
tirilgan. Rangi qora va shoxsiz boTadi. Nasldor buqalari
21
www.ziyouz.com kutubxonasi


800-900 kg, sigirlari 450-500 kg. Go‘sht chiqimi 
63-65%. Mollaming tanasi yumaloq, bo‘kchasimon. 
Oyoqlari kalta va yo‘g ‘on. K o‘zlari katta, biroz bo‘r- 
tib chiqqan. Bo‘yni kalta va yo‘g ‘on. Tanasi, ayniqsa, 
son qismi nihoyatda go‘shtdor. Ular kam harakat 
qiladi. Iste'mol qilgan oziqlari asosan go‘sht tayyorlash 
uchun sarflanadi. Sigirlari bir Iaktatsiyada yog‘dorligi 
4,0-4,5% bo‘lgan 1000-1200 kg sut beradi. Bu zot 
0 ‘zbekistonda asosan boysun tumanida va qoraqal- 
pog‘istonning qo‘ng‘irot tumani xo'jaliklarida boqiladi.
S anta-gertruda zoti. Bu zot aqshdan keltirilgan 
bo‘lib, issiq va qumq iqlim sharoitiga yaxshi mos- 
lashgan. Rangi to‘q qizil. Sigirlari 500-550 kg, buqa- 
lari 800-900 kg. So‘yim chiqimi 60-65 foiz. Keng 
tarqalgan zonalari, asosan Qozog‘iston, Ukraina va 
Rossiyaning ayrim o‘lkalari hisoblanadi. Markaziy Osi- 
yo mamlakatlarida kam uchraydi. 0 ‘zbekistonda asosan 
jizzax va samarqand viloyatlarida hamda qoraqalpoq 
respublikasi xo‘jaliklarida boqiladi. Sigirlarining sut- 
dorligi 1000-1200 kg. Sutining yog‘ darajasi 4,6-5%.
Bulardan tashqari go‘shtdor qoramollaming short- 
gom, shorole, kian va boshqa zotlari bo‘lib, ular 
0 ‘zbekistonda deyarli uchramaydi.
Sersut zotlar. Bu zot hayvonlar nomiga ko‘ra aso- 
san sut yetishtirib beradi. Shuning uchun ham ular- 
ning yelini nihoyatda yaxshi rivojlangan. Uning haj- 
mi keng b o iib , so‘rg‘ichlari yirik va yaxshi rivojlan- 
gan. Ulaming suyaklari ingichka, terisi yupqa, musku- 
laturasi tuban rivojlangan. Tanasining orqa qismi 
yaxshi ifodalangan. Ko‘kragi tor va ikki tomonidan 
yassilashgan. Oyoqlari uzun va ingichka. Boshi uzun- 
lashgan, yengil, bir juft o ‘rtacha kattalikdagi shoxlarga 
ega. Tanasi uzoqdan uchburchak shaklini eslatadi. 
Sersut zotli mollar kech yetiluvchan bo‘lib, go‘sht 
mahsuldorligi sust ifodalangan.
22
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qora-ola zot. 
Bu zotning rangi qora-ola bo‘lib, 
nasldor buqalari 850-950 kg, sigirlari 500-550 kg tosh 
bosadi. Sigirlari yiliga 3500-4200 kg sut beradi. Su- 
tining yog‘dorlik darajasi 3,7%, oqsil - 3,15-3,40%. 
Bu zot sobiq sssming barcha zona va tumanlariga keng 
tarqalgan. Jumladan, 0 ‘zbekistonning barcha tuman 
va viloyatlarida boqiladi. Bu zotning nihoyatda sersut 
sigirlari respublikamizning «malik», «chinoz», «qizil 
shalola», « 0 ‘zbekiston» kabi xo‘jaliklarda boqiladi. 
Bu xo‘jaliklardagi ayrim sersut sigirlar yog‘dorligi 3,8- 
3,9% bo‘lgan, 4500-5000 kg va hatto 8000 kg sut be- 
rishi aniqlangan.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin