peshonasi keng, bo‘yni kalta va yo‘g ‘on.
Yelkasi keng
va tekis. Ko‘kragi keng hajmli. Tanasining old qis-
mi kuchli rivojlangan va yumaloqlashgan. Oyoqlari
kalta va yo‘g ‘on, gavdasiga nisbatan tik joylashgan.
Muskulaturasi
yaxshi
rivojlangan.
Teri
ostidagi
moy qismi dumi tanaga birikkan yerida,
son qismida
va qobirg'alarida yaxshi ifodalangan. Yirik nasldor
buqalari 1100 kg, sigirlari esa 540 kg tosh bosadi.
Qalmoqi zot.
Bu zotning rangi qizil, qizil-ola,
malla, targ‘il, qo‘ng‘ir va turli ranglardan iborat bo‘lib,
qattiq sovuq va issiq haroratli
zonalar sharoitiga
yaxshi moslashgan. Bu zot ko‘chmanchi qalmoq xal-
qi tomonidan tanlash va saralash ishlari natijasida
bundan 370 yil muqaddam yaratilgan. Yirik nasldor
buqalari 650-800 kg go‘sht beradi. Sutidagi yog‘
miqdori -
4,2-4,4%.
Keng tarqalgan zonalari:
qalmoq
o ‘lkasi, astraxan, rostov, aktyubinsk va jambul viloyati
xo‘jaliklari boTib, ba’zan boshqa viloyatlarda ham
boqiladi.
Shuningdek, qoraqalpog‘istonning orol dengi-
ziga yaqin xo‘jaliklarda ham uchraydi.
Gereford zotl.
Bu zot Angliyadan keltirilgan. Rangi
qizil, boshi, ko‘krak osti, qorin va oyoqlari oq. Yirik
buqalari 800-850 kg, sigirlari 490-580 kg. So‘yim
chiqimi 65-68% . Sigirlari bir laktatsiyada 1200-1400
kg sut beradi. Sutining yog‘dorligi 3,9-4,0%. Keng
tarqalgan zonasi: rostov viloyati, stavropol oTkasi,
QozogTston va markaziy osiyo davlatlari xo‘jaliklari
hisoblanadi. Gereford
zotli mollaming boshi ki-
chik, bo‘yni kalta va yo‘g ‘on, oyoqlari tanasiga ko‘ra
tik joylashgan va kalta, hamda yo‘g ‘on ko‘rinishda.
Iste'mol qilgan ozig‘i asosan go‘sht tayyorlashga
sarflanadi. Go‘shti nihoyatda sifatli, lazzatli va mayin.
Go‘shtining marmarlik
xususiyati yuqori darajada
rivojlangan.
Dostları ilə paylaş: