Махсус таълим вазирлиги



Yüklə 470,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix15.10.2023
ölçüsü470,4 Kb.
#155687
1   2   3   4   5   6   7   8
Kitob 6126 uzsmart.uz

Tarelkali absorberlar.
 Bunday absorberlar vertikal kolonnadan iborat bo’lib, 
ichki qismiga uning balandligi bo’ylab bir xil oraliqda bir nechta gorizontal 
to’siqlar, ya’ni tarelkalar o’rnatiladi. Tarelkalar orqali gaz va suyuqlik bir-biri 
bilan o’zaro to’qnashib, ularning harakati boshqariladi. Gazlarning suyuqlikdan 
o’tishi va natijada tomchi hamda ko’piklarning hosil bo’lishi barbotaj deyiladi. 
Sanoatda konstruktiv tuzilishi turlicha bo’lgan tarelkalar ishlatiladi. Suyuqlikning 
bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga quyilishiga qarab tarelkali absorberlar: quyilish 
qurilmali va quyilish qurilmasiz bo’ladi. 
Quyilish qurilmali tarelkali kolonnalarda suyuqlik bir tarelkadan ikkinchi 
tarelkaga quyiluvchi quvur yoki maxsus qurilma orqali o’tadi. Bunda quvurning 
pastki qismi tarelkadagi stakanga tushirilgan bo’lib, gidravlik zatvor vazifasini 
bajaradi, ya’ni bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga faqat suyuqlikni o’tkazib, gazni 
o’tkazmaydi. 25.7-rasmda quyilish qurilmasi bor 


 
 
25.7-rasm. Quyilish moslamasi bo’lgan tarelkali absorber: 1 — g`alvirsimon 
tarelka; 2 — quyilish quvuri. 
 
tarelkali absorberning sxemasi ko’rsatilgan. Bunda suyuqlik kolonnaning yuqorigi 
qismidagi tarelkaga berilib, bu suyuqlik ushbu tarelkadan boshqa tarelkalarga 
maxsus qurilma orqali o’tadi va kolonnaning pastki qismidan chiqib ketadi. Gaz 
esa kolonnaning pastki qismidagi tarelkaning teshikchalaridan pufakchalar holida 
taqsimlanib, tarelkalardagi suyuqlik qatlamida ko’pik hosil qilib yuqoriga harakat 
qiladi. Tarelkada hosil bo’lgan gaz ko’piklari modda va issiqlik almashinish 
jarayonining asosiy zonasini tashkil qiladi. Tozalangan gaz esa kolonnaning 
yuqorigi qismidan chiqadi. Quyilish quvurlari shunday joylashtirilganki, bunda 
qo’shni tarelkadagi suyuqlik qarama-qarshi yo’nalishda harakat qiladi. 
Quyilish qurilmali absorberlarda elaksimon, qalpoqchali, klapanli, kapsulali, 
plastinali va boshqa turdagi tarelkalar o’rnatiladi. 
Turli xildagi quyilish qurilmasi bo’lgan tarelkalarning samarali ishlashi 
gidrodinamik harakat rejimiga bog`liq. Gazlarning tezligi va suyuqlikning 
tarelkalarda taqsimlanishiga qarab tarelkali absorberlar uch yo’sinda: pufakli, 
ko’pikli, ingichka oqimli gidrodinamik rejimda ishlaydi. 
25.8-rasmda elaksimon tarelkali absorberning ishlash sxemasi ko’rsatilgan. Bu 
turdagi qurilmalarda vertikal silindrsimon qobiq bo’lib, uning ichiga gorizontal 
tarelkalar o’rnatiladi. Tarelkalarning butun yuza qismi 2-8 mm li teshikchalardan 
iborat bo’ladi 
 
 
 
 


 
Gaz hamda bug`-gaz aralashmalaridagi bir yoki bir necha komponentlarning 
suyuqlikda tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi.
Yutilayotgan gaz 
absorbtiv, yutuvchi suyuqlik absorbent deyiladi. Absorbtiv bilan absorbentning 
o’zaro ta’siriga ko’ra absorbsiya jarayoni ikki hil bo’ladi: fizik absorbsiya va 
kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya). Fizik absorbsiyada yutilayotgan gaz bilan 
absorbent o’zaro bir-biri bilan kimyoviy birikmaydi. 
Agar yutilayotgan gaz 
absorbent bilan o’zaro birikib, kimyoviy birikma hosil qilsa, xemosorbsiya 
deyiladi.
Absorbsiya jarayonida gazning yutilmay qolgan qismi inert gaz deb 
ataladi. 
Fizik absorbsiya ko’pincha qaytar jarayondir, ya’ni suyuqlikka yutilgan gazni 
ajratib olish mumkin bo’ladi, bu hodisa 
desorbsiya
deyiladi. Absorbsiya bilan 
desorbsiya jarayonlarini uzluksiz olib borish natijasida yutilgan gazni toza holda 
ajratib olish va yutuvchi absorbentni bir necha marta qayta ishlatish imkoni 
tug`iladi. Odatda absorbtiv va absorbent arzon va ikkilamchi mahsulot bo’lgani 
uchun, ular absorbsiya jarayonidan keyin ko’pincha, (masalan, gazlarni 
tozalaganda) qayta ishlatilmaydi. 
Sanoatda absorbsiya jarayoni turli maqsadlarda qo’llaniladi: 
1) gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratib olishda; 
2) gaz aralashmalarini zaharli moddalardan tozalash uchun; 
3) gazlarni quritish
4) tayyor mahsulotlar (masalan, xlorid va sulfat kislotalari, ammiakli suv) olishda 
va hokazo. 
Har bir aniq sharoit uchun tegishli absorbent tanlab olinadi; bunda yutilishi lozim 
bo’lgan komponentning absorbentdagi eruvchanligi hisobga olinadi. Tajriba yo’li 
bilan absorbsiya jarayonida har doim issiqlikning ajralib chiqishi aniqlagan. 
Gazlarning suyuq absorbentlardagi eruvchanligi quyidagi omillarga bog`liq 
bo’ladi: 1) gaz va suyuq fazalarning fizikaviy va kimyoviy xossalari; 2) harorat; 3) 
gazning aralashmadagi bosimi. 
Absorbsiya jarayonini o’tkazishga mo’ljallangan qurilmalar absorberlar deb 
yuritiladi. 
Absorbsiya jarayonida suyuqlik tarkibidagi gazning miqdori suyuqlik va gazning 
xususiyatiga, bosim, harorat va gaz fazasining tarkibiga bog`liq. Suyuqlik bilan 
biror gaz aralashmasining o’zaro ta’siri natijasida taqsimlanuvchi komponenet 
A
tashuvchi komponent B yordamida suyuqlikda erigan bo’lsa, fazalar qoidasiga 
muvofiq komponentlarning soni va erkinlik darajasi uchga teng bo’ladi. Demak, 
gaz-suyuqlik sistemasida ikkala fazaning harorati, bosimi va konsentratsiyasi 


o’zgarishi mumkin. Shuning uchun o’zgarmas harorat va umumiy bosimda 
muvozanat holatidagi gazning parsial bosimi (yoki uning konsentratsiyasi) bilan 
suyuq faza tarkibining o’zaro bog`lanishi bir xil bo’ladi. Bu bog`lanish Genri 
qonuni bilan ifodalanib, erigan gazning parsial bosimi eritmadagi uning mol 
qismiga proporsionaldir: 
A
A
x
E
P
*
.
(25.1) 
Suyuqlikdagi gazning eruvchanligi (yutilgan komponent 
A)
ma’lum haroratda 
uning suyuqlik yuzasidagi parsial bosimiga proporsionaldir: 
 
P
E
x
1
*
(25.2) 
bu yerda, 
*
A
P
 —
muvozanat holatidagi eritmada konsentratsiyasi 
x
A
bo’lgan 
yutilayotgan gazning parsial bosimi;

Yüklə 470,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin