Majburiyatlar auditi Reja



Yüklə 188,23 Kb.
səhifə3/24
tarix19.12.2023
ölçüsü188,23 Kb.
#186726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Majburiyatlar auditi Reja-www.hozir.org

Dastlabki hujjatlar ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirishda asosiy ma’lumot manbaasi hisoblanadi. Jumladan, xodimlar va yollangan shaxslar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda: ishga qabul qilish va boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi, ta’tilga chiqarish to‘g‘risidagi, mehnat shartnomasini to‘xtatish to‘g‘risidagi buyruqlar; kontraktlar, mehnat shartnomalari; shtatlar jadvali; shaxsiy kartochkalar(T-2sh); ish vaqtini hisobga olish tabeli(T-13sh); mehnatga layoqatsizlik varaqasi; hisoblashuv-to‘lov vedomosti(T-49sh); hisob-kitob vedomosti (T-51sh); to‘lov vedomosti (T-53sh); shaxsiy hisob varaq (T-54sh); ijro varaqalari; daromad va daromad solig‘ini hisobga olish bo‘yicha soliq kartochkasi;


  • ijtimoiy sug‘urta va ta’minotga doir hisob-kitoblarni tekshirishda:

«Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha hisob-kitoblar vedomosti» (F. 4-ISJ), «Ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlari», «Sug‘urta qildiruvchiga xabarnoma», «Ijtimoy sug‘urta jamg‘armasiga o‘tkazilgan badallar hisobidan pensiya va nafaqalarni to‘lash bo‘yicha vedomost»;


-hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda: bo‘nak (avans) hisoboti; xizmat safari guvohnomasi; xizmat safariga boruvchi va keluvchi xodimlarni ro‘yxatga olish daftari; 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar», 4230-«Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar» va 6970 –«²isobdor shaxslardan qarzlar» schyotlari bo‘yicha inventarizatsiya ro‘yxatlari;
-Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha hisob-kitoblarni tekshirishda:
kreditga sotilgan tovarlar uchun topshiriqnoma-majburiyat; qarz shartnomasi; moddiy zararni qoplash to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish); sud qarori; ijro varaqalari; to‘lov topshiriqlari; kassa kirim orderlari.
Dastlabki hujjatlarni tekshirishda auditor dastlabki hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shakllaridan foydalanilganligini ham aniqlashi zarur.
Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish ushbu muomalalarni hisobga olish va ichki nazoratning ahvolini oldindan baholashni nazarda tutadi.
Bunda xodimlarni ishga yollash va ishdan bo‘shatishda qonunchilikka rioya qilinishini, ro‘yxatdagi hisob va nazorat xodimlariga xizmat vazifalarini, ish vaqtini va bajariladigan ishlarni taqsimlash holati; mehnatga haq to‘lash, mukofotlash va moddiy yordam to‘g‘risidagi nizomlarga rioya qilinish va boshqalarni aniqlaydi.
Auditor ichki nazoratning holatini o‘rganganidan so‘ng («a’lo», «yaxshi», «o‘rta») ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirish uchun tanlash hajmini aniqlaydi.



Yüklə 188,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin