[330]
mavjudligi sababli majburiyatlar sifatida tan olinadigan (ishonchli baholanishi mumkin deb hisoblangan)
majburiyatlardir [7].
S.N. Tashnazarov
ta’kidlaganidek R. Hermanson baholanadigan majburiyatlarga faqat mahsulot kafolatlari
bilan bog‘liq majburiyatlarni kiritsa, B.Nidlz esa bu guruhga to‘lanadigan daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i va ish
ta’tillari bo‘yicha majburiyatlarni ham kiritadi [8].
D.V. Lugovskoy [9] ilmiy maqolasida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini shakllantiruvchi
majburiyatlar
turlarini ajratib ko‘rsatadi. Jumladan:
–
baholanadigan huquqiy majburiyatlar
, ya’ni kelgusi ehtimoliy majburiyatlar bo‘lib, ular muayyan xodisalar bilan
bog‘liq, bajarish muddati yoki davomiyligi aniq bo‘lgan va yuridik kuchga ega bo‘lgan majburiyatlar. Masalan, ish
beruvchining aybi bilan xodim ishdan bo‘shatilganida to‘lanadigan to‘lovlar;
–
baholanadigan konklyudent (yakuniy nazarda tutilgan) - huquqiy majburiyatlar
, muntazamlik xususiyatidan kelib
chiquvchi majburiyatlar. Bunga iste’molchi oldidagi kafolat majburiyatini misol qilish mumkin;
–
baholanadigan konklyudent majburiyatlar
, birinchi navbatda amaldagi me’yoriy hujjatlar va xo‘jalik
shartnomalari emas balki tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq majburiyatlar.
Muallif
majburiyatlarning analitik hisobi yanada to‘g‘ri va aniq yuritilishi uchun ularni guruhlab,
alohida xususiyatlari
bo‘yicha tasniflashni taklif qiladi. Biz D.V. Lugovskoyning fikrlariga qo‘shilgan xolda, majburiyatlar hisobiga oid
ma’lumotlar yanada ravshan va foydalanuvchiga tushunarli bo‘lishi uchun ularni quyidagicha sohalar bo‘yicha
tasniflash lozim deb hisoblaymiz:
– ishlab chiqarish sohasidagi majburiyatlar;
– xizmat ko‘rsatish sohasidagi majburiyatlar;
–
ishlarni bajarish sohasidagi majburiyatlar;
–
moliya tizimi majburiyatlari;
–
sug‘urta sohasi majburiyatlari;
–
ijara (lizing) munosabatlarida yuzaga keluvchi majburiyatlar;
–
savdo sohasi bilan bog‘liq majburiyatlar.
Chunki, har bir faoliyat sohasida xo‘jalik operatsiyalari natijasida tashkilotning
o‘ziga
xos xususiyatlari
bilan bog‘liq majburiyatlar yuzaga keladi. Ular mohiyatan bir hil bo‘lsada hisob yuritishda o‘zgacha yondashuvni
talab qiladi. Majburiyatlarning har bir turi bo‘yicha analitik hisob ma’lumotlari to‘g‘ri shakllantirilishi orqali
yanada barqaror iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish mumkin.
Majburiyatlar buxgalteriya hisobi va tahlili, auditi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar, ularni bevosita “xalqaro
biznes tili” sifatida umumtan olingan buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish masalalari mahalliy iqtisodchi
olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilgan va qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. Mazkur mavzu
doirasida so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘plab
ilmiy maqolalar, monografiyalar va darsliklar chop qilindi.
Bular jumlasiga A.J.Tuychiyev, S.Maxmudov, S.M.Tashnazarov, F.Sh.Ochilov, A. Kozimjonov va boshqalarning
ishlarini kiritish mumkin [10] .
Yuqorida qayd etilgan olimlarning ishlarida joriy va uzoq muddatli majburiyatlar, ularning tan olinish
asoslari,
tasniflanishi, tahlili va auditining metodologik masalalari tadqiq etilgan. A.J.Tuychiyev
majburiyatlar
buxgalteriya hisobi va tahlilining nazariy metodologik muammolarini tadqiq qilgan bo‘lsa, S.Maxmudov
aktsiyadorlik jamiyatlarida majburiyatlar hisobi va tahlilini takomillashtirish masalalarini o‘rgangan.
Majburiyatlar buxgalteriya hisobida hisob yuritishni osonlashtirish maqsadida qisqa (bir yil va undan kam
davrda so‘ndiriladigan) va uzoq (bir yildan ortiq davrda so‘ndiriladigan) muddatliga ajratilgan.
Joriy (yoki qisqa muddatli) majburiyatlar so‘ndirilishi uchun joriy aktivlar sifatida
tasniflanadigan resurslardan foydalaniladi yoki boshqa joriy majburiyatlar qabul qilinadi.
Ularning deyarli barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ko‘p uchraydigan o‘ziga xos
[331]
turlari
kreditorlik qarzi, olingan bo‘naklar va muddati kechiktirilgan daromadlar, davr
xarajatlariga taalluqli hisoblab yozilgan majburiyatlar, dividendlar va to‘lovga oid foizlar,
hisoblab yozilgan soliqlar, shartli majburiyatlar hamda boshqalar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: