Bo’lsun aning surati har ne durur.”
Degan fikrini “Majolis”dagi Ali Ohiy degan shoirga bergan ta’rifida faktik ma’lumot asosida yana ta’kidlab o’tadi:
“Mavlono Ali Ohiy – Mashhaddindur. “Xamsa” muqobalasida necha masnaviy aytibdurkim, chun muqobalag‘a keltursa, go‘yoki bo‘lmas. Ul jihatdin shuhrat tutmaydur. “Xayol va visol” otlig‘ kitobida bir bayti bor, magarkim, mulhimi g‘ayb aning tiliga o‘z she’ri bobida solg‘ondurkim:
She’reki buvad zi nukta soda,
Monad hama umr yak savoda”.
Tarjimasi: She’r nozik (yaxshi) ma’nodan xoli bo’lsa, butun umr bo’yiga bir qoralik bo’lib qoladi.
Navoiy “Majolis un-nafois”da badiiy asarlarni tahlil qilish vazifasini o’z oldiga qo’ymaydi. Zotan, tazkirachillik an’anasi buni talab ham qilmas edi. Lekin shunga qaramay “Majolis un-nafois”dagi muhimadabiy-tanqidiy mulohazalar XV asr adabiyotini, uning bir qator namoyondalari ijodini yoritishga yordam qiladi. Tazkira muallifi ko’pgina shoirlarning badiiy adabiyotda tutgan o’rnini ko’rsatishga, ularning badiiy ijodiyotini baholashga va asarlari uchun xos bo’lgan xususiyatlarini yoritishga intiladi. Biroq u ba’zan ayrim yozuvchilar ijodining ma’lum bir tomonini yoki ma’lum bir asarini, hatto ma’lum bir parchasini ko’zda tutib fikr yuritadi. Ayrim o’rinlarda esa ba’zan yozuvchilar haqida ma’lumot beradiyu lekin ularning ijodi haqida fikr yuritmaydi yoki uchinchi bir kishining mulohazasini bayon etish bilan kifoyalanadi, chunki adabiyot ahllari ahqida obyektiv va haqqoniy fikr yuritish shuni taqozo qilar edi. Navoiy 459 shoirning barcha asarlarini to’plash va o’rganishga ulgura olmagan edi. Zotan Navoiy yashagan davrda buni amalga oshirish ham amri mahol edi. Navoiy ne-ne mashaqqatlar bilan ayrim yozuvchilarning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot to’plagani, asarlardan namunalar yiqqanini “Majolis un-nafois”ning bir necha o’rnida qayd qiladi.
Shunisi diqqatga sazovorki, Navoiy har bir yozuvchi ijodiga aniq yondashadi, yozuvchining yutuq va kamchiliklari haqida ham aniq xulosalar chiqaradi.Shuningdek, Navoiy shoir kamchiligini ko’rsatibgina qolmay, yo’l qo’yilgan xatolarni o’zi mahoratli shoir sifatida tuzatib beradi.25
Navoiy Riyoziy degan shoirga ta’rif berib, uning ijodidan bir baytni namuna uchun keltiradi:
Dostları ilə paylaş: |