To modihlaridin asar o‘lg‘ay mavjud,
Mamduhlari ruhini tutqil xushnud.
To modihu mamduhlar o‘lg‘ay nobud,
Sultoni zamong‘a umr bergay ma’bud!” (MN.167)
“Yettinchi majlis. Salotini izom va avlodi vojibul ehtiromlari zikridakim, ba’zi yaxshi mahallarda xo’b bayt o’qubturlarkim, filhaqiqat o’zlari aytqonidek xo’bdur va ba’zi nazm latoyifig’a mashg’ul bo’lubdurlarkim, ul dag’i matlub va marg’ubdur”. Bu majlisda Temur xonadonidan 22 ta shaxsning nomi zikr etiladi. Majlis Temuriylar sulolasining asoschisi Temur Ko’ragon nomi bilan boshlanadi. Navoiy Temur she’r yozmaganini, lekin unda nihoyatda o’rinli va yaxshi baytlar o’qish qobiliyati borligini qayd qiladi. Bu haqda buyuk shoir: “Agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar ammo nazm va nasrlarni andoq xub mahal va mavqe’da o’qubturlarkim, aningdek bir bayt o’qug’on ming yaxshi bayt aytqoncha bor”, - deb yozadi.
Ulug’bek Mirzo – donishmand podshoh bo’lgan, yetti qiroat bilan Qur’oni Karimni o’qiy olgan. Goh-gohida she’r ham bitib turgan deya ta’kidlaydi Navoiy va ushbu baytni keltiradi:
Dostları ilə paylaş: |