Majolis un-nafois



Yüklə 323,5 Kb.
səhifə40/76
tarix02.01.2022
ölçüsü323,5 Kb.
#43511
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76
Majolis un-nafois

Mavlono Xolidiy Xisori Shodmon shahridandur, Hiriyga kelib uzoq vaqt tahsil olgan deya ta’riflaydi Navoiy. “Majolis” tarjimoni Faxriy Hirotiy bu shoir “Faqir odam erdi va qalandar suvratida kezib yurardi”, deb qo‘shadi.

Mavlono Yoriy – Faxriy Hirotiyning qo‘shimcha ma’lumotiga ko‘ra, Navoiy bu shoirga ko‘p shafqatlar ko‘rsatgan ekan. Lekin u podshoh va amirlarning muhrlariga taqlid qilib, muhrlar yasab, yaramas xayollar bilan nishon, farmonlar yozishdek g‘ayriqonuniy ishlarga qo‘l urgan ekan.

Mavlono Ahliy Muhammad Ahliy Sheroziy (tug‘.1455 - vaf. 1435-36, Sheroz) shoir. “Sham’ va parvona”, “Sehriyi halal” nomli dostonlar yaratgan. Yosh hind ayolining eri vafotidan keyin o‘zini gulxanga tashlagani hikoya qilingan har ikkala doston ham she’riy san’atlarni ishlatish jihatidan g‘oyat murakkabdir. Salmon Sovajiyning “Qasidai masnu’”si yo‘lida Navoiyga, Ya’qubbekka, uning ukasi Yusufbekka hamda Ismoil Safaviyga bag‘ishlagan qasidalari ham nihoyatda murakkab uslubda bitilgan. Ye.E. Bertels Ahliy Sheroziyning ham chapdan o‘ngga, ham yuqoridan pastga qarab o‘qish mumkin bo‘lgan bir ruboiysini keltiradi. Mana shunday mazmunga ko‘ra san’atlar istifodasiga o‘ta berilishlik o‘sha davr adabiy jarayoniga xos bo‘lgan.

Amir Alisher tazkirasining oltinchi majlisi quyidagicha nihoyasiga yetgan:

“Bu balog‘at maob va fazoyil intisoblardin ham birori, agar zamon sahifasida o‘z nazmlari savodidek mavjuddur, ammo aksari zamona vafosidek nobuddur va podshohlari ham fano mahallidin ketibdurlar, baqo sarmanzilig‘a yetubdurlar. Va filhaqiqat, Sultoni sohibqironning qarobat va tavobiidin erurlar ham modihlari, haq taolo lutfidin ma’zur va ham mamduhlari ruhi ravzai rizvonda masrur va mabrur bo‘lsun:


Yüklə 323,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin