Gasht tarixash “usuli shash qalam”.
Bu ta’rix moddasi iborasi bo‘lib, abjad qoidasiga binoan 897 (1491-92) chiqadi.
“G’azal mulkining sultoni” Alisher Navoiy ayni paytda nasr mamolikining xoqoni ham edi21. Sharq ijodkorlariga oid asarlarda nasr va nazmda qo’llanilgan badiiy san’atlarning 120 xili ma’lum. Ana shu san’atlar uchga bo’linadi:
1. Lafziy;
2. Ma’naviy;
3. Mushtarak.
Navoiyning “Majolis un-nafois” asarida badiiy san’atlar keng qo’llanilgan.Quyida ulardan ayrimlariga to’xtalib o’tamiz.
Maklubi mustaviy – she’riy san’at bo’lib, biror jumla yoki biror misra’ she’rni o‘ngdan ham, chapdan ham bir xil o‘qiladigan qilib tuziladi. Navoiy “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida Mavlono Abdulvahhob haqida ayta turib, ushbu janrga to’xtalib o’tadi: “Ul zurafodin biri “maqlubi mustaviy” san’atida “murode doram” alfozin topib qoziga arz qilibdur. Ul oz taammul bila “baroyad yorab” alfozi bila javob beribdurkim, bu ishi ta’rifdan tashqaridir.”Murode doram (murodim bor) va – baroyad yorab (Iloho yetilgusi) so‘zlari har ikki tarafdan bir xil o‘qiladi. To’rtinchi majlisda Xoja Kamoliddin Udiy haqida ma’lumot bera turib, ushbu baytni maklubi mustaviy san’atiga misol qilib keltirgan:
“Namexoham zi dida bar ruxat oyinae sozam,
Dostları ilə paylaş: |