Bas davidam dar havoi vasli yor,
Kas nadidam oshnoi asli kor.
Tarse’ san’ati pokiza voqe’ bo‘lubdur.”
Navoiy Husayn Boyqaroning baytlaridan misol keltirganda ushbu san’atga ham murojaat qilgan: “Lom” harfi:
Safar azmida musofiridin ayrilur chog‘da xayrbod mazmunluq alfozni radif qilib aytqon she’rning matlai furqatnamo kelibdur va anduhoso aytilibdur:
Oh ila-azm ettim, ey rozimg‘a mahram, yaxshi qol,
Dard ila ayrildim, ey dardimg‘a marham, yaxshi qol.
Bevafosi ko‘yida ko‘ngliga maskan qilmog‘ini targ‘ib qilmog‘i xub va yig‘lab holini ado qilurda shevan qilmog‘ini ta’lim bermaki marg‘ub:
Ey ko‘ngul, ul bevafo ko‘yida maskan aylagil,
Zor yig‘lab, sharh etib, holingni shevan aylagil.”
“Tajohil ul-orif” she’riy san’at bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi bilib bilmaslikka olishlikni anglatadi. She’riyatda shoir iztirobli, hayajonli lahzalarda o‘zi o‘ziga savol berib, javobda fikrlarini yanada teranlashtiradi, adoni ta’sirliroq qiladi.
“Manzurning labi tabassumini va o‘zini qonalg‘on dog‘ini g‘unchai xandon va lolai No’mong‘a tashbih qilibdur va ma’nisi she’r sanoeidin «tajohil ul-orif» uslubida xush voqe’ bo‘lubtur:
Dostları ilə paylaş: |