E= C + I
6
Haqiqiy xarajatlar egrisi bissektrisa (45 gradusga teng chiziq)ni aks ettiradi, chunki haqiqiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘lib, ushbu chiziqning har qanday nuqtasi bu shartga mos keladi. Rejalashtirilgan xarajatlar egrisi musbat qiymatga ega qiyalikni aks ettiradi (qiyalik burchagi iste’molga chekli moyillik kattaligi bilan aniqlanadi – MRS), bu qiyalik koordinatalar o‘qi boshidan boshlanmaydi, chunki daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmagan avtonom iste’mol (S) doimo mavjud bo‘ladi. Natijada qiyalikda xochni hosil qilamiz, shuning uchun model «Keyns xochi» nomini olgan («Keynesian cross»). Aytib o‘tish kerakki, o‘zining mashhur kitobida Keyns grafiklardan foydalanmagan. Oddiy Keyns modelining grafik talqini ilk bor Nobel mukofoti laureati Pol Samuelson tomonidan uning mashhur «Ekonomiks» deb nomlangan kitobida taklif etilgan. Keyns yalpi talab nazariyasining umumiy natijasi – bu multiplikator samarasidir. Multiplikator tamoyiliga asoslangan iqtisodiy o‘sish daromadlar va jamg‘armaga chekli moyillikning ortishiga imkon beradi. Yuqori darajadagi faollik davrida jamg‘armalarning ortishi yangi investitsiyalar va demakki, iqtisodiy o‘sishga asos bo‘ladi (akselerator samarasi). Agarda xarajatlar ortsa nima bo‘ladi? Keyns yalpi xarajatlarning oshishi daromadlar ortishiga olib kelishini ko‘rsatib berdi, ammo shunisi muhimki, endi daromadlar uni ortishiga olib kelgan xarajatlarga qaraganda ko‘prok darajada ortar ekan (ya’ni mutiplikator samarasi orqali). Multiplikator – bu yalpi xarajatlarning bir birlikka ortishi (kamayishi) yalpi daromadlarni necha marotaba oshishi (qiskarishi)ga olib kelishini ko‘rsatuvchi koeffitsientdir. Multiplikatorning ta’siri bir iqtisodiy agentning sarflagan xarajatlari albatta boshqa bir iqtisodiy agentning daromadiga aylanishi va oxirgisining bir qism daromadini sarflashi uchinchi bir iqtisodiy agent daromadi(va hokazo)ga aylanishiga olib kelishiga asoslangan. Natijada multiplikator samarasi tufayli umumiy daromad miqdori ilk bor qilingan xarajatlar miqdoridan bir necha marotaba yuqori bo‘ladi. Yalpi daromadlarning ortishi ilk bor qilingan investitsiyalar miqdoridan bir necha barobar katta bo‘ladi, ya’ni multiplikator samarasi amal qiladi. Oddiy keynscha modeldan ma’lum bo‘ldiki, iqtisodiyotning o‘sishini ta’minlash uchun yalpi xarajatlarni oshirish kerak, ular esa in’eksiyalar hisoblanib, yalpi daromadlarni multiplikator samarasi orqali oshishini ta’minlab beradi. Xarajatlardan chiqib ketgan oqimlar esa yalpi daromadni multiplikativ qisqartirib, iqtisodiyotni retsessiya yoki depressiya holatiga olib kelishi mumkin.
Bunday paradoksdan shunday xulosa kelib chiqadi: iqtisodiyot qanchalik jamg‘arsa, u shunchalik kambag‘allashadi. (Paradoks shundaki, agarda kishi o‘z jamg‘armalarini oshirsa, u boyib boradi, iqtisodiyot esa jamg‘armalar ortgan sayin kambag‘allashadi). Keynscha modelda jamg‘armalar daromadga to‘g‘ridan–to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, investitsiyalar avtonom kattalik hisoblanar ekan, u holda, jamg‘arma egri chizig‘i musbat qiyalikni, investitsiya egrisi gorizontal chiziqni aks ettiradi. Jamg‘armalarning ortishi jamg‘arma egri chizig‘ini chapga va yuqoriga S1 dan S2 ga siljitadi. Agarda investitsiyalar miqdori o‘zgarmasa, u holda jamg‘armalarning ortishi yalpi daromadlarni Y1 dan Y2 gacha kamayishiga olib keladi, ya’ni jamg‘armalarning ortishi iqtisodiy vaziyatning yomonlashuviga olib keladi. daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmagan va shuning uchun gorizontal chiziq ko‘rinishida aks ettirilgan avtonom xarajatlar egri chizig‘i (in’eksiyalar) va yalpi daromadning muayyan bir qismini tashkil etuvchi MLR×Y ga teng bo‘lgan oqimlar egri chizig‘i keltirilgan. Oqimlar egri chizig‘i qiyaligi MLR kattaligi orqali aniqlanadi. Keltirilgan grafik nafaqat jamg‘armalarni, balki har qanday turdagi oqimlarni (masalan, soliqlar, import) iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganish imkoniyatini beradi. Oqimlar kattaligi oshganda, MLR ortadi va oqimlar egri chizig‘i kattaligi yanada tikkaroq bo‘ladi. Natijada avtonom xarajatlar kattaligi o‘zgarmas bo‘lganda yalpi ishlab chiqarish hajmi Y1 dan Y2 ga qisqaradi. Umumiy makroiqtisodiy muvozanatni aniqlashda muvozanat narxlar darajasi va milliy ishlab chiqarishning real hajmi tushunchalaridan keng foydalaniladi.
7
Muvozanat narxlar darajasi mikroiqtisodiyotda o‘rganilgan alohida olingan tovar yoki xizmat narxidan butunlay farqli ravishda iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan millionlab tovarlarning o‘rtacha narxi bo‘lib, u agregatlangan, ya’ni umumlashtirilgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi ko‘rsatkichi ham endi bir yoki bir necha tovar yoki xizmat turi bo‘yicha hisoblanmasdan, balki endi u agregatlanganligi sababli mamlakatda va uning tashqarisida milliy ishlab chiqarish omillari hisobiga ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarni o‘z ichiga oladi. Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya’ni davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi firmalar va uy xo‘jaliklari o‘rtasida amalga oshiriladi.Uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha iqtisodiy resurslarni resurslar bozoriga etkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so‘ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga etkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar - tovarlar va xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yo‘nalishda “daromadlar - xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya’ni, uy xo‘jaliklari o‘zlari etkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar.
Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar-mahsulotlar” va “daromadlar–xarajatlar”ning doiraviy aylanishi modeli.
8
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi jami talabni ko‘rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro teng bo‘lishi firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo‘jaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng bo‘lishi shaklida namoyon bo‘ladi.Bu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, inflatsiya va ishsizlik darajalarining ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘ladi. Davlat aralauvi mavjud bo‘lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko‘rinish oladi. Bunday iqtisodiyotda resurslar - tovarlar va xizmatlar, daromadlar- xarajatlarning uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat aralashuvi bilan ta’minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning harakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar yaratadi. Davlat korxonalar va uy xo‘jaliklarini soliqqa tortish bilan birga korxonalarga subsidiyalar berish, aholiga transfert to‘lash orqali ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta’sir etadi. Ayni paytda davlat resurslar bozoridan hamda tovarlar va xizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida ishtirok etadi. Davlat o‘z ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va uy xo‘jaliklarining tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdolari to‘g‘risidagi qarorlari o‘zaro mos kelmagan hollarda ro‘y beradigan iqtisodiy tebranishlarni tartibga solib turadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi. Endi unda to‘rtinchi makroiqtisodiy sub’ekt- tashqi dunyo ham paydo bo‘ladi. Chet el investitsiyalarinig kiritilishi va xorijga investitsiya qilish, eksport va import operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamg‘armalarning investitsiyalarga oqib o‘tishi va moliyaviy mablag‘larning qayta taqsimlanishini e’tiborga olsak ko‘rib o‘tilgan model mukammal emasligiga iqror bo‘lamiz. Ammo shu ko‘rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan chiqariladigan xulosa shuki, davlat, firmalar, uy xo‘jaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimlari (ya’ni real oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya’ni pul oqimlari) o‘zaro teng bo‘lishining asosiy shartidir Yalpi xarajatlar hajmining oshishi ishlab chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining o‘sishiga olib keladi . Bu esa o‘z navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab bo‘ladi. Kattaroq hajmdagi yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi. Sabab oqibat bog‘lanishlari o‘rin almashishi tufayli doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish ko‘rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi uchun yalpi xarajatlar to‘xtovsiz o‘sib borishi shart. Bu vazifa budjet-soliq siyosati vositalari bo‘lgan soliqlarni hamda davlat xarajatlarini o‘zgartirish hamda pul-kredit siyosati vositalari yordamida mul massasini o‘zgartirish orqali bajariladi. Yalpi talab-yalpi taklif modeliga umumiy tavsif. Yalpi talab tushunchasi va grafigi.Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga bog‘liq bo‘lib, ular hajmlarining o‘zgarishi baholarning o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Baholarning o‘zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday o‘zaro bog‘liqlik umumlashtirilgan holda ko‘rib chiqiladigan milliy bozorga ham ta’luqlidir. Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog‘liqlik talab va taklif modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko‘lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan birga baholar umumiy darajasining o‘zgarishi o‘rtasida bog‘liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o‘sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izohlab berish uchun bu modellardan foydalanib bo‘lmaydi. Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab – yalpi taklif (AD-AS aggregate demand-aggregate supply) modelidan foydalanamiz. Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
9
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va baholar darajalarining tebranishlarini hamda ular o‘zgarishining oqibatlarini o‘rganish uchun bazaviy model bo‘lib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.Yalpi talab – uy xo‘jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo‘lgan talabidir. Yoki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar yig‘indisidir.Formula ko‘rinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:
AD = C + I + G + Xn.
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi. Buni chizma ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Yalpi talab egri chizig‘i: Bunday surilishning sababi har xil. Ma’lumki, alohida olingan tovarlar bozorida talab egri chizig‘ining surilishiga asosan daromad samarasi va o‘rinbosar tovarlar sabab bo‘ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, iste’molchilarning pul daromadlari ko‘proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, baho pasayganda iste’molchi ushbu tovarni ko‘proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo‘ladi (o‘rnini bosadigan tovarlar). Milliy bozorda AD-egri chizig‘ining traektoriyasini, ya’ni uning quyiga egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |