Makroiqtisodiy muvozanat modellari Reja



Yüklə 347 Kb.
səhifə7/9
tarix10.09.2022
ölçüsü347 Kb.
#63545
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Makroiqtisodiy muvozanat modellari

Xulosa



Xulosa AD-AS modeli umumiy makroiqtisodiy muvozanat modeli bo‘lib milliy bozorni qisqa va uzoq muddatga tahlil qilish imkonini beradi. AD-AS modeli iqtisodiy tebranishlarni tahlil qilish va baholash uchun asos yaratadi. Yalpi talab – uy xo‘jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo‘lgan talabidir. Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi AD egri chizig‘i traektoriyasini pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan hamda baho omillari bo‘lgan foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import xaridlari samarasi bilan izohlash mumkin. Bahodan boshqa omillar ta’sirida AD egri chizig‘i o‘ngga yoki chapga siljiydi. AS egri chizig‘i keyns, oraliq va klassik kesmalarni o‘z ichiga oladi. Uzoq muddatli davrlarda AS egri chizig‘i vertikal, qisqa muddatga esa gorizantal bo‘ladi. Shuning uchun AD dagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish hajmi, bandlik hamda baholar darajasiga bu kesmalarda turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Yalpi talab va yalpi taklif hajmlari o‘zaro mos kelgan, ya’ni AD va AS egri chiziqlari kesishgan nuqta makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi, unga mos keluvchi baholar darajasi baholarning muvozanatli darajasi deb aytiladi. AS egri chizig‘i ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar hajmi ko‘payishi hamda chngi texnologiyalarning kiritilishi hisobiga o‘ngga siljiydi. Bu holat iqtisodiy o‘sish deb ataladi. AS egri chizig‘ining chapga siljishi stagflyasiyadan dalolat beradi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuzaga kelish sababini yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat buzilishi bilan izohlash mumkin. IS-LM modeli tovar va pul bozorlarining o‘zaro aloqalarini va har ikki bozorda birgalikda muvozanat o‘rnatilishi mexanizmini izohlovchi modeldir. IS egri chizig‘i tovar va xizmatlar bozorida paydo bo‘ladigan daromadlar darajasi va foiz stavkasining kombinatsiyalarini ko‘rsatadi. IS egri chizig‘ining har bir nuqtasida tovar pul bozorida muvozanat tarkib topadi. LM egri chizig‘i o‘zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasining kombinatsiyalarini ko‘rsatadi. LM egri chizig‘ining har bir nuqtasida pul bozorida talab va taklif o‘zaro teng bo‘ladi. IS va LM egri chiziqlarining kesishuv nuqtasi har ikki bozor uchun muvozanat nuqtadir. Bu nuqtada asosiy makroiqtisodiy ayniyat iste’mol, investitsiya, sof eksport va pulga talab funksiyalari tengligini to‘liq qanoatlantiradi.Model unda IS va LM egri ichiziqlarining holati aks ettiradigan makroiqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib makroiqtisodiy siyosat usullarning qay birini qo‘llash, yoki ularni muvofiqlashtirish masalalarini hal etish imkonini beradi.Tarmoqlararo modellar majmuasi yiriklashgan dinamik va kengaytirilgan tabiiy-qiymatli modellami o ‘zi ichiga oladi. Tizimning hamjihatligi milliy daromad, uni taqsimlash tuzilmasi hamda moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining sarmoya qo‘yilmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va boshqalar kabi yiriklashgan dinamik modelining asosiy ko‘rsatkichlarning tabiiy-qiymatli tarmoqlararo balansini tuzish uchun qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi. Zamonaviy dinamik tarmoqlararo modellar iqtisodiy rivojlanishning sur’atlari va nisbatlarini aniqlovchi uchta asosiy omillar guruhi bo‘yicha iqtisodiyotning rivojlanish istiqbolini bashoratlashgaimkonberadi. 33
KIRISH

Yüklə 347 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin