Kurs ishi mavzusining dolzarbligi Bozor iqtisodiyoti, ayniqsa vaqtinchalik yuzaga keladigan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, bashoratlash va boshqarish bo’yicha qarorlar qabul qilishda hamda ularni amaliyotga joriy etishda makroiqtisodiy modellardan foydalanish muhim o’rin tutadi. Jumladan, ko’p tarmoqli ishlab chiqarish jarayonlarida tarmoqlararo munosabatlarni modellarini qo’llash, tarmoqlar orasidagi iqtisodiy aloqalarni samaradorligini aniqlash imkonini beradi. Raqobarbardosh bozor sharoitida iste’molchilarning o’z daromad va jamg’armalariga qarab iste’mol uchun tayyor maxsulot yoki ishlab chiqarish uchun xomashyo maxsulotlarini tanlash holati yuzaga keladi. Bunday sharoitda is’te’mol tanlovi modellaridan foydalanish tanlovni samarali o’tkazish masalarini techishda yordam bersa, iqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’sir etuvchi omillardan birining o’zgarishi natijasida uning o’zgarish darajasini aniqlashda elastik nazariyani qo’llash yordamida moddiy ishlab chiqarish qonuniyatlari, taqsimoti va iste’molni o’rganish hamda iqtisodiyotda optimallashtirish masalalari yechiladi.Barcha iqtisodiy tadqiqotlar iqtisodiy o’zgaruvchilar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni o’rganish natijasida amalga oshiriladi. O’zaro bog’lanishlarni tasavvur va tahlil qilish asosini esa iqtisodiy – statistik usullar va ekonometrik modellar tashkil etadi. Bunday makroiqtisodiy muvozanatlik modelllaridan inflyatsiyani jilovlashda, muomaladagi pul miqdorini muvozanatda saqlab turishda va eng muhimi iqtisodiy o’sishni jadallashtirishda keng foydalaniladi va bunday makroiqtisodiy muvozanatlik modellari bu jarayonlarni amalga oshirishda “yo’l xaritasi” sifatida namoyon bo’ladi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi bo`libMakroiqtisodiy modellar iqtisodiyotni bir butun deb qarab,umumlashtirilgan moddiy va moliyaviy ko’rsatkichlarni: yalpi milliy mahsulot, iste`mol, investitsiya, ish bilan bandlik, foiz stavkalari, pulning miqdori va boshqalarni o’zaro bog’lagan holda tasvirlaydi.Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda kurs ishida quyidagi vazifalar belgilangan:
Makroiqtisodiy muvozanat modellari va ularning tahlili
Sey modeli
IS-LM modeli va uning qiyosiy tahlili
Makroiqtisodiy muvozanatning “Klassik” va “Keyns”cha modellari
Makroiqtisodiy prognozlash modellari va ularning tahlili
Prognozlashning matrisali modellari
Dinamik tarmoqlararo balans modellari asosida prognozlash
3
– Balans modelining prognozlashda qo`llanilishi
Statik tarmoqlararo balans modeli
Makroiqtisodiy modellashtirishning O`zbekiston iqtisodiyotidagi o`rni