Makroiqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo‘llari Reja



Yüklə 46,75 Kb.
səhifə4/8
tarix16.05.2023
ölçüsü46,75 Kb.
#114331
1   2   3   4   5   6   7   8
Makroiqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va un vaga Jonibek pr

Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko'pchshshk mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog'langan, ikkinchidan, bu bog'liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o'ch iste'molining bir qismiga chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog'liklik qanchalik katta bo'lsa, sof eksport xajmi orqali makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta'sir ko'rsatadi.

Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rivojini ta'minlab borishdan quyidagilar ko'zda tutiladi:

  • Mamlakatda mavjud bo'lgan iqtisodiy resurslardal samarali foydalangai holda jamiyatning ehtiyojlarini to'laroq qondirib borish.

  • To'la bandlikka erishish, ya'ni mehiat qilishga layoqatli bo'lgan va ishlashni xohlaganlarni to'liq va samarali ish bilan ta'minlash.

  • Narx-navoning nisbiy barqarorligiga erishish va uni infilyatsiya ta'siridan xoli qilish.

  • Iqtisodiyotning bir maromda o'sib borishini yetarli darajada investitsiya

bilan ta'minlash va muomaladagi pul massasiga bog'lab borish.

  • Eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining faolligiga erishish.

Bu maqsadlar faqatgina ularga intilish bo'lib, bunga erishish muqarrar ekanligini bildirmaydi. Chunki mutloq muvozanatga erishish mumkin emas, u buzilib va qaytadan tiklanib turishi orqali iqtisodiy o'sish notekis boradi.



Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklligi. Iqtisodiy iiqirozlar


Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham iqtisodiy o'sishga, hamda to'liq bandlik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o'sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o'sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning o'zgartirib bo'lmaydigan ta'siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo'ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo'lishidir.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatdan, cho'qqidan yoki inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to'lqinsimon harakat tushuniladi, Sikl quyidagi fazalarni: inqiroz, turg'unlik jonlanish, yuksalish fazalarini o'z ichiga oladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazalarning o'tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi siklning qayd etuvchi ifodasidir.U bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigap yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatda asosi kapitalning ortiqcha jamg'arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo'ladi. Inqirozdan keyin turg'unlik keldiki, uning davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uch sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlanish fazasining boshlanishi ozmi-ko'pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o'tishni bildiradi.
Ish bilan ta'minlanish darajasining ortishi va foydalarning tez o'sishi jonlanishning yuksalishi bosqichiga o'sib o'tishiga ko'maklashadi. Yangi sikl yuksalishning boshlanish nuqtasi hisoblanadi. Yuksalish fazasida ish kuchiga bo'lgan ta'labning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o'sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste'mol tovarlariga to'lovga qodir talab kengayadi. Pirovad talabning oshishi, o'z navbatida, iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoklariga bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to'planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo'lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo'yicha keskin farqlanadi. Shu bilan birga ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo'ladi va har xil tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. 1-chizmada asosiy ko'pchilik iqtisodchilari tomonidan tan olingan iqtisodiy sikl ko'rsatilgan. Siklning eng yuqori nuqtasida, iqtisodiyotda to'liq bandlilik kuzatiladi va ishlab chiqarish to'liq yoki deyarli to'liq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi o'sish tamoyiliga ega bo'ladi, iqtisodiy faollikning o'sishi to'xtaydi.


Yüklə 46,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin