Iqtisodiy muvozanatlik - iqtisodiy jarayonlarda uning ikki tomonining birbiriga tengligidir. Bunga misol mavjud iqtisodiy resurslar va jamiyat ehtiyojlarining bir-biriga teng kelishi.
Iqtisodiy mutanosibliklar — iqtisodiyot turli tomonlari va sohalari, iqtisodiy faoliyat natijalarining o'zaro miqdoran va tarkiban mos kelishi.
Iqtisodiy inqiroz - ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishidir.
Iqtisodiy sikl ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan yoki cho'qqidan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to'lqinsimon harakati.
Turg'unlik (depressiya) — ishlab chiqarishning bir joyda depsinib turishini bildiradi va bu fazada iqtisodiy faollik jonlanipsh uchun shart-sharoit vujudga kelish nihoyasiga yetadi.
Jonlanish iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning arqaror kengayib borishiga o'tishini xarakterlovchi fazasi.
Yuksalish - iqtisodiy siklning iqtisodiyotda to'liq bandlikka erishilishi, ishlab chiqarishning inqirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va to'lovga layoqatli talabning kengayib borishini xarakterlovchi fazasi.
Tarkibiy inqirozlar - iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari rivojlanishi o'rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalaydi.
Agrar inqirozlar qishloq xo'jaligida ro'y beradigan iqtisodiy inqirozlar bo'lib, sikllik xarakterga ega bo'lmaydi va sanoat sikllariga qaraganda ancha uzoq davr davom etadi.
1.Karimov I.A.O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. T., «O'zbekiston», 1995.
Makkonnell K., Bryu S. «Ekonomiks», M. Respublika,1992. tom 1. Gl.4.
O'lmasov A., Sharifxo'jayev M. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). T., Mehnax», 1995.