Makroiqtisodiyot Eshquvvatov Javohir


Iste‘mol va jamg’armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o’zaro bog’liqligi



Yüklə 336,86 Kb.
səhifə3/4
tarix12.04.2023
ölçüsü336,86 Kb.
#96434
1   2   3   4
singapur

Iste‘mol va jamg’armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o’zaro bog’liqligi

  • Iste‘mol va jamg’arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Milliy daromad tarkibida turli soliqlar ham mavjud bo’ladi. Shu sababli soliqlar to’langandan keyin aholi qo’lida qoladigan daromad iste‘mol sarflari va shaxsiy jamg’arma yig’indisiga teng bo’ladi. Aholi qo’lidagi qoladigan daromad ixtiyordagi yoki sof daromad deb ataladi.
  • Iste‘mol va jamg’arma hajmi hamda unga ta‘sir ko’rsatuvchi omillar o’rtasidagi bog’liqlik iste‘mol va jamg’arma funktsiyasi deyiladi.
  • Iste‘mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi) dan foydalanish jarayoni.
  • Jamg’arma – bu aholi, korxona (firma) va dalat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to’planib borishidir.

1.Aholi daromadlarining iste‘molga sarflanadigan ulushi iste‘molga o’rtacha moyillik (IO’M) deyiladi va qo’yidagicha aniqlanadi:

2.IO’M = Iste‘mol sarflari hajmi = C (3)

3.Sof daromad xajmi XD

4.Aholi daromadining jamg’armaga ketadigan ulushi esa jamg’armaga o’rtacha moyillik (JO’M) deyiladi:

5.JO’M = Jamg’arma hajmi = S (4)

6.Sof daromad hajmi XD

7.Daromad hajmining o’zgarishi natijasida iste‘mol sarflari hajmining o’zgarishi darajasi iste‘molga keyingi qo’shilgan moyillik (IQM) deyiladi, yoki

8.IKM = Iste‘moldagi o’zgarish (5)

9.Sof daromaddagi o’zgarish.

Baholar indekslarini va real YaIM ni hisoblash zaruratini

  • Iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan inflatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko‘rsatkich dinamikasi bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o‘zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir vaqtning o‘zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotda doimiy inflatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo‘yadi. Chunki, inflatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko‘rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko‘rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o‘laroq milliy iqtisodiyotda juda ko‘p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o‘zgarishi koeffitsienti (baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi.

Yüklə 336,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin