Makroiqtisodiyot fanidan ma'ruza matni doc


 Xeksher – Olinning neoklassik konsepsiyasi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/178
tarix02.01.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#44882
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   178
makroiqtisodiyot

 
16.3. Xeksher – Olinning neoklassik konsepsiyasi 
 
E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog’liq holda narxlarni 
tenglashishi»  qoidasini  oldinga  surgan.  Buning  ma’nosi  shundan  iboratki,  milliy 
ishlab  chiqarishdagi  farqlar  ishlab  chiqarishning  mehnat,  yer,  kapital  va 
shuningdek,  u  yoki  bu  mahsulotga  ichki  iste’moldagi  o’zgarishlar  kabi  omillarga 
bog’liq. 
Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan:   
1. Mamlakatlar o’zlarida ortiqcha bo’lgan ishlab chiqarish omilini ko’p talab 
qiladigan  mahsulotlarni  eksport  qilishadi  va  aksincha,  o’zlarida  taqchil  bo’lgan 
ishlab chiqarish omillarini ko’p talab qiladigan mahsulotlarni import qiladilar. 
2.  Xalqaro  savdo  yo’lidagi  cheklashlar  bekor  qilinsa    tovarlarning  turli 
mamlakatlardagi  «omil  narxi»  (tannarxi)  ning  tenglashishi  kabi  o’zgarishlar 
kuzatiladi. 
3.  Mahsulotlar  eksporti  o’rnini  asta  sekin  ishlab  chiqarish  omillari  eksporti 
egallaydi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


Agar  mamlakatdagi  bir  ishlab  chiqarish  omili  miqdori bilan  boshqa omillar 
miqdori o’rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan yuqori bo’lsa shu omil 
bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb hisoblanadi.    
Xeksher–Olin konsepsiyasini tadqiq qilish  borasidagi izlanishlar 50 yillarda 
«Leontyev  taajjubi»  yuzaga  kelishiga  sabab  bo’ldi.  V.Leontyev  AQSh  kapital 
ortiqcha  bo’lgan  mamlakat  bo’lishiga  qaramasdan  1947  yilda  kapital  talabchan 
emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko’rsatib berdi. Ya’ni 
Xeksher-Olin  konsepsiyasiga  zid  keladigan  vaziyat  yuzaga  keldi.  Keyingi 
tadqiqotlar esa AQSh da kapitaldan ko’ra yer va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy 
ortiqcha  ekanligi  tasdiqlandi.  AQSh  ishlab  chiqarilishida  aynan  shu  omillar 
ko’proq foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo’lib chiqdi.  

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin