Tashqisavdonicheklashborasidaolibborilayotganharqandaychora-
tadbirlarqisqamuddatlisamaraberadi.
Uzoqdavrdaesa,
faqaterkinsavdoginaiqtisodiyresurslarnisamaralijoylashtirishimkoniniberadi
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning
ayrimlari davlat g’aznasini to’ldirishga yo’naltirilgan bo’lsa, ba’zilari umuman
importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki
rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning
ta’rif va nota’rif usullaridan foydalaniladi.
Ta’rif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, nota’rif
usullariga eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash,
lisenziyalash kabilar kiradi.
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.
Import bojlari davlat byudjetini to’ldirish maqsadida va ichki bozorlarga
tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Eksport
bojlari mamlakat ichida talab ko’p bo’lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish
maqsadida belgilanadi.
Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib kelish va
olib ketish taqiqlangan mahsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya’ni,
ularning tartibga solingan ro’yxati bojxona tariflari deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: