Makroiqtisodiyot fanidan ma'ruza matni doc


 Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/178
tarix02.01.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#44882
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   178
makroiqtisodiyot

 
17.4. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy 
cheklash. 
 
 
Ko’pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag’batlantirish tadbiri 
sifatida ko’pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo’llaniladi. Bunda tajriba - 
konstruktorlik  ishlari  va  eksportga  mo’ljallangan  ishlab  chiqarishni  bevosita 
moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish 
ko’zda tutiladi. 
 
 
Eksport subsidiyalari turli shakllarda  qo’llaniladi. Bularga: 
- eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish; 
- reklama xarajatlarini davlat hisobidan  qoplash, bozor konyukturasi haqida 
tekin  axborot yetkazib berish; 
-    firmalarga  ishlab  chiqarish  hajmidagi  eksport  ulushiga  muvofiq    soliq 
imtiyozlarini berish; 
- bevosita subsidiyalash kiradi.  
 
Eksport  subsidiyalarining  berilishi    milliy  ishlab  chiqaruvchilarining 
tashqi  bozorda  raqobatbardoshligini  oshiradi.  Ammo  importyor  davlatlar 
tomonidan kiritiladigan kompensasion import bojlari bu yutuqni yo’qqa chiqarishi 
mumkin.  Oqibatda  eksportyor  davlat  byudjeti  yo’qotishga  uchraydi,  importyor 
davlat  byudjeti  esa  qo’shimcha  daromad  ko’radi.  Bu  tadbir    dempingga  qarshi 
kurash ko’rinishlaridan biridir.  
Eksportga  tariflar  yoki  eksport  bojlari  kiritilishining    oqibati  import  bojlari 
kiritilishi  oqibatining  aynan  aksidir.  Eksport  bojlari  kiritishishi  sharoitida 
mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan  pasayadi. Bunday vaziyatlarda 
ichki  iste’mol    o’sadi,  ishlab  chiqarish  va  eksport  kamayadi.  Eksportga  bojlarni 
joriy  qilish  natijasida  milliy  ishlab  chiqaruvchilarda  yo’qotishga  duch  bo’ladilar. 
Tanqibozordagi  baholarga  nisbatan  ichki  bahoning  kamayishidan  iste’molchilar  
yutuqqa erishsa, davlat esa daromadga ega bo’ladi.  
Ixtiyoriy  ravishda  eksportni  cheklash  eksport  kvotalarining  bir  turi  bo’lib, 
xorij  mamlakatlarining  ayrim  mamlakatlarga  “ixtiyoriy”  eksport  miqdorlarini 
cheklashdan iborat.  
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


Bu yerda «ixtiyoriy so’zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan 
mamlakat  savdo  siyosatida  o’z  hamkorlari  tomonidan  birorta  noxushlikka  duch 
kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi. 
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega: 
1.  Ixtiyoriy  ravishda  eksportni  cheklash  milliy  iste’molchilar uchun  tarif  va 
kvotalarni  belgilashga  nisbatan  ancha  sezilarsiz.  Shuning  uchun  iste’molchilar 
ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar. 
2.  Ixtiyoriy  ravishda  eksportni  cheklash sharoitida  xorij iste’molchilari  ular 
sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin.  

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin