Xn < 0 [ X-M < 0 [ X< M ; I-S >0 [ I >S [ xorijdan kapital kiritilishi.
Agarda investisiyalar (I) milliy jamg’armalardan ko’p bo’lsa (I > S),
ortiqcha investisiyalar xorijdan olinadigan qarz hisobiga moliyalashtirilishi lozim.
Bu qarzlar mamlakatga tovar va xizmatlarni eksport qilishga nisbatan ko’proq
import qilinishini taminlaydi (M>X). Ya’ni, sof eksport manfiy qoldiqqa (Xn<0)
ega bo’ladi. Mamlakat xalqaro jarayonga qarzdor bo’lib qatnashadi.
Joriy operasiyalar musbat qoldiqqa ega bo’lganda, ortiqcha mablag’lardan
xorijga investisiya qilishda yoki xorijdan ko’chmas mulk sotib olishda
foydalaniladi.