19-Mavzu. Valyutakursi Reja
19.1. Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchasi. 19.2. Valyuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari. 19.3. Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar. 19.4. Xarid qobilyati pariteti. 19.5. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valyuta kurslariga ta’siri. 19.1. Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchasi Valyuta – keng ma’noda mamlakat pul birligini (masalan, so’m, dollar, marka, funt-sterling va hokazo) anglatadi. Qisqa ma’noda valyuta atamasi chet davlatlarning pul belgisi ma’nosida qo’llaniladi. Har bir milliy bozor xususiy milliy valyuta tizimiga ega. Milliy valyuta tizimi bazasida jahon bozori rivojlanishi natijasida tarkib
topadigan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta
munosabatlarini tashkil qilish shakli bo’lgan jahon valyuta tizimi amal qiladi.