18.5. To’lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va
usullari
To’lov balansi muvozanatini ta’minlash uchun joriy hisoblar va kapital
harakati qoldiqlari bir-birini aynan qoplashi zarur bo’ladi. Markaziy Bank valyuta
intervensiyasini amalga oshirish chorasini ko’rmasa, va rasmiy valyuta zahiralari
miqdorini o’zgartirmasa to’lov balansi hisoblarini valyuta kursining erkin
tebranishi hisobiga o’zaro tartibga solish amalga oshiriladi.
Erkin tebranuvchi valyuta kurslari to’lov balansini tenglashtirishda katta
imkoniyatlarga ega bo’lsada, kamchilikliklardan xoli emas. Chunonchi, bunday
valyuta birinchidan, savdoning noaniqligi va qisqarishiga, ikkinchidan, savdo
sharoitining yomonlashishiga, uchinchidan, beqarorlikka va boshqalarga olib
keladi.
Agar Markaziy Bank rasmiy valyuta zahiralari vositasida chet el valyutasini
sotib yoki sotib olib valyuta kursini erkin tebranishiga barham bersa valyuta
kursining erkin tebranishi vositasida to’lov balansini tartibga solish zarurati
yo’qoladi.
Bunda to’lov balansi taqchilligi Markaziy Bank rasmiy zahiralarini
qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki bozorda
chet el valyutasi taklifi oshadi. Qayd etilgan operasiya eksportga xos bo’lib
kreditda plyus belgisi bilan (Markaziy Bankda xorijiy valyuta zahirasi kamayishiga
qaramasdan) hisobga olinadi. Ushbu tadbir natijasida ichki bozorda milliy valyuta
taklifi kamayadi, uning almashinuv kursi nisbatan ko’tariladi va bu investisiyalar
hajmiga hamda iqtisodiy o’sishga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
To’lov balansining aktiv-(musbat) qoldig’i esa Markaziy bankning rasmiy
valyuta zahiralari miqdorining ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank valyuta
zahiralarini to’ldirish uchun chet el valyutasini sotib olishi natijasida ichki bozorda
milliy valyuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi, bu hol esa
iqtisodiyotga (investisiyalar hajmi va iqtisodiy o’sishga) rag’batlantiruvchi ta’sir
ko’rsatadi.
Markaziy bank tomonidan o’tkaziladigan bunday operasiyalar rasmiy
rezervlar bilan bo’ladigan operasiyalar deyiladi. Bu operasiyalar natijasida to’lov
balansi qoldig’i nolga tenglashishi kerak.
0>
Dostları ilə paylaş: