Makroiqtisodiyot nazariyasi


Makroiqtisodiyotning tadqiqot usullari



Yüklə 8,51 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü8,51 Kb.
#167436
1   2   3
EZOZA VOHIDOVA

Makroiqtisodiyotning tadqiqot usullari
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish, analiz va sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish usullari kiradi. . Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o‘ziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, minglab ko‘rsatkichlarni alohida-alohida o‘rganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish o‘ta qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqiy usullaridan foydalaniladi.
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlar o‘rtasidagi miqdoriy, sabab-oqibat bog‘lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar ko‘rinishida ifodalaydi.4 Bunga yalpi talab – yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri chizig‘ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o‘sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini i keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o‘zida ham grafik ko‘rinishda, ham algebraik formula ko‘rinishida tasvirlash mumkin . Algebraik formulalar kabi makroiqtisodiy modellar ham ikki, uch yoki bundan ko‘p o‘zgaruvchili bo‘lishi mumkin. AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy darajasi dinamikasi ta’sirida o‘zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi o‘rganilsa, Fillips egri chizig‘i yordamida ishsizlik va inflatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya’ni modelda tayyor kattalik sifatida qabul qilinadigan ekzogen o‘zgaruvchilar hamda modelni yechish natijasida topiladigan ichki-endogen o‘zgaruvchilar farqlanadi. Bir modelda ekzogen hisoblangan o‘zgaruvchi (ko‘rsatkich) ikkinchi model uchun endogen hisoblanishi mumkin.
O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yondashuvlaridan foydalanish
Global tovar bozorlaridagi noaniqlik va beqaror vaziyatni, ko‘plab yirik mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasaygani hamda boshqa jiddiy tahdidlarni e’tiborga olib, Davlat o‘z iqtisodiy siyosatini qanday murakkab sharoitlarda amalga oshirishi kerakligini yaxshi anglaydi.
Shuning uchun makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘zini oqlagan chora-tadbirlar va mexanizmlardan foydalanish masalalari ustuvor vazifa sifatida saqlanib qoladi.
Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifalarini amalga oshirish yo‘lida 2017- yil 7- fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
2017 – 2021- yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.

Yüklə 8,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin