Makroiqtisodiyot



Yüklə 299,3 Kb.
səhifə4/14
tarix01.12.2023
ölçüsü299,3 Kb.
#170495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
KURS ISHI

Avstriya maktabi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Friedrich Hayek
XIX asr soʻnggida Avstriya maktabi tashkil topgan. Maktab taʼlimoti marjinalizm gʻoyasi va inson xulq-atvori boʻyicha tadqiqotlarga asoslanar edi. Marjinalizmga doir dastlabki dastlabki fikrlar 1871-yilda avstriyalik iqtisodchi Carl Menger tomonidan yozilgan „Grundsätze der Volkswirtschaftslehre“ kitobida uchraydi[30]. Bu maktab taʼlimotiga koʻra, inson xarakterining qiyinlik darajasi va bozor holatlarining doimiy oʻzgarib turishi sababli, iqtisodiyotda matematik modellashtirishni amalga oshirish imkonsiz[31]. Shu sababli, iqtisodiy siyosatda erkin iqtisodiyot (laissez-faire) va iqtisodiy liberalizm tamoyillari asosiy hisoblanadi. Avstriya maktabining izdoshlari bozor ishtirokchilari (iqtisodiy agentlar) tomonidan tuzilgan shartnomalar erkinligini himoya qilish va bitimlarga aralashmaslik (ayniqsa, davlat tomonidan) tarafdorlari boʻlishgan[32][33][34]. Maktabning taniqli aʼzolari Carl Menger, Eugen von Böhm-BawerkLudwig von MisesHenry HazlittMurray Rothbard va Nobel laureati Friedrich Hayek hisoblanadi[35][36].
Neoklassik maktab[tahrir | manbasini tahrirlash]
Talab va taklif chizigʻi. Bu model „Marshall xochi“ yoki „Marshall qaychisi“ deb ham yuritiladi[37].
Neoklassik maktab bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash gʻoyasini ilgari surgan. Maktab asoschisi Alfred Marshallning iqtisodiy gʻoyalari quyidagicha edi[38]:

  • Monopoliyalarning vujudga kelishi jamiyat farovonligiga putur yetkazadi[39].

  • Chekli naflilik va chekli xarajat qisqa muddatli oraliqda bozordagi tovarlar bahosini belgilovchi omillar hisoblanadi[40].

  • Iqtisodiyotdagi hodisalar qisqa va uzoq muddatli oraliqda sodir boʻladi. Makroiqtisodiyotda uzoq muddatli davrda barcha oʻzgaruvchilar xususan, ish haqi, narxlar darajasi va iqtisodiy agentlar oʻzgaruvchan deb olinsa, qisqa muddatli davrda bu koʻrsatkichlarning biri yoki bir qanchasi oʻzgarishga ulgurmaydi[41][42]. Uzoq muddatli oraliqda davlat oʻzining potensial ishlab chiqarish maksimumi va tabiiy ishsizlik darajasiga yetadi[43].

Bu maktab vakillaridan Léon Walras umumiy iqtisodiy muvozanatlik modelini ishlab chiqishga, Joseph Schumpeter esa iqtisodiy tizimlar oʻzgarishning ichki kuchlarini koʻrsatib berishga harakat qilgan. Amerikalik iqtisodchi-matematik E. Roy Weintraub taʼkidlashicha, neoklassik iqtisodiyot quyidagi qoidalarga asoslanadi[44]:

  • Iqtisodiy agentlar ratsional qaror qabul qilishadi.

  • Isteʼmolchilar naflilikni, firmalar foydani maksimallashtirishga intilishadi.

  • Iqtisodiy agentlar toʻliq va aktual axborotga asosan mustaqil qarorlar qabul qilishadi.

Alfred Marshall taklif etgan nazariya nafaqat marjinalistlarning naflilik nazariyasini, balki klassiklarning mehnat nazariyasini ham oʻz ichiga olardi[45]. Yaʼni, talab va taklif egri chiziqlari berilganida talab oʻrniga chekli naflilik (marginal utility) va taklif rolida chekli xarajat (marginal cost) olinadi[46][47]. Marshall fikriga koʻra, faqat talab yoki faqat taklifning oʻzigina narxni belgilamaydi: „Talab va taklif qogʻozni qirquvchi qaychining 2 uchiga oʻxshaydi“[48][49].

Yüklə 299,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin