Makroiqtisodiyot



Yüklə 299,3 Kb.
səhifə5/14
tarix01.12.2023
ölçüsü299,3 Kb.
#170495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
KURS ISHI

Keynschilik inqilobi[tahrir | manbasini tahrirlash]
John Maynard Keynes 1936-yilda keynschilik maktabiga asos soldi[50]. Bu vaqtga kelib, Buyuk Depressiya taʼsirida sodir boʻlgan jamiyatdagi yoʻqotishlar sababli, oʻzini oʻzi tartibga soluvchi klassik iqtisodiyot mavqeiga putur yetdi[51]. Keynes Birinchi jahon urushi va 1929—1933 yillardagi Buyuk Depressiya tajribasidan kelib chiqib, klassik maktab taʼlimotlarini inkor qiluvchi xulosalarga keldi. Birinchidan, u bozorda faqat mukammal raqobat boʻlmasligini isbotlab berdi. Ikkinchidan, Keynes fikriga koʻra koʻra qisqa muddatli oraliqda narxlar talab va taklifdan qatʼiy nazar oʻzgarmay turishi mumkin. Keynschilik taʼlimotiga koʻra, iqtisodiyot har doim ham barqaror boʻlmaydi va shunday holatlarda davlat baʼzi muammolarni hal qilish uchun iqtisodiyotga aralashishi talab etiladi. Shu gʻoyasi sababli, Keynes aralash iqtisodiyot tarafdori hisoblangan[52]. Keynschilik maktabining mashhur vakillari William PhillipsBen Bernanke va James Tobin hisoblanishadi[53].
Tez orada keynschilik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlovchilar koʻpaydi. XX asr ikkinchi yarmida „keynschilikni zamonaviy iqtisodiy tahlil talablariga moslashtirish“ va boshqa neoklassik gʻoyalar bilan bogʻliqlikni topish maqsadida neokeynschilik maktabi tashkil topdi[54]. Neokeynschilik taʼlimotiga koʻra, kapitalistik iqtisodiyot yangi sharoitda iqtisodiy muvozanatni stixiyali tartibga solish mexanizmini yoʻqotadi va uni davlat tomonidan doimiy va bevosita tartibga solish zarurati yuzaga keladi. Shu sababli, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy muammolari ham oʻzgarib, inqirozga qarshi tartibga solishning bandlik nazariyasidan iqtisodiy oʻsish nazariyasiga katta eʼtibor berilgan[55].
XX asrning ikkinchi yarmi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Monetarizm[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milton Friedman
XX asrning 60-yillarida monetarizm maktabi tashkil topgan. Maktab taʼlimotiga koʻra, pul taklifi iqtisodiyot rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi. Monetar qoidaga koʻra, agar pul taklifi doimiy tezlikda oʻzgarib tursa, iqtisodiy har doim barqaror boʻladi va barcha resurslardan toʻliq foydalanadi. Shuningdek, monetarizm maktabi vakillari uchun qisqa muddatli oraliqdan koʻra uzoq muddatli oraliq ahamiyatliroq. Irving Fisher tomonidan tuzilgan almashinuv tenglamasi (�⋅�=�⋅� ) aynan pul tezligini aniqlash va optimallashtirishda asos boʻldi[56]. Bu yerda, �  — pul massasi, �  — pul aylanish tezligi, �  — narxlar darajasi, �  — ishlab chiqarish hajmi. Amaliyotda 2 tomon teng kelishi har doim ham kuzatilmaydi. Shu sababli, agar mamlakatda muomaladagi pul massasi tovarlar sonidan koʻp boʻlsa, mamlakatda inflyatsiya, ishlab chiqarish hajmi pul massasidan koʻp boʻlsa, mamlakatda deflyatsiya mavjud deb olinadi[57][58].
Monetaristlar va keynschilik maktabi oʻrtasida samarali siyosat boʻyicha doimiy bahs ketadi. Keynschilar fikricha, pulga boʻlgan talab va muvozanatdagi foiz stavkasi orasida kuchli bogʻlanish mavjud. Shu sababli, pul taklifini oshirish yalpi ishlab chiqarish hajmini oshirishda past samarali vosita hisoblanadi. Monetaristlar fikricha esa, pulga boʻlgan talabning foiz stavkaga nisbatan taʼsiri past va shu sababli, monetar siyosat fiskal siyosatdan samaraliroq[59]. Fiskal siyosatni amalga oshirish uchun davlat koʻpincha oʻz xarajatlarini oshirishga majbur boʻladi. Bu uchun davlatga mablagʻ kerak: qarz mablagʻlariga talab oshishi mamlakatda foiz stavkasi oʻsishiga olib keladi. Baland foiz stavkasi mamlakat iqtisodiyotiga xususiy investitsiyalar hajmini pasaytiradi va shu sababli yalpi taklif oʻsish jarayoni sekinlashadi. Bu samara „Xususiy investitsiyalarni siqib chiqarish samarasi“ (Crowding out effect) deb nomlanadi[60][61]. Shu sababli, monetaristlar uchun fiskal siyosat samarasiz hisoblanadi. Milton Friedman va Edmund Phelps monetarizm maktabining namoyandalari hisoblanishadi[62].

Yüklə 299,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin