Makroiqtisodiyot



Yüklə 299,3 Kb.
səhifə3/14
tarix01.12.2023
ölçüsü299,3 Kb.
#170495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
KURS ISHI

Klassik maktab[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi iqtisodiy tizim tarafdorlari klassik makroiqtisodiyot maktabining aʼzolari hisoblanishadi. Klassik makroiqtisodiyot taʼlimoti XVII asrda paydo boʻlgan[21]. Maktab asoschilaridan biri William Pettyning fikricha, boylikning manbai yer va mehnat hisoblanadi. „Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir“ iborasi W.Pettyga tegishlidir[22][23]. XVIII asr oxirlarida klassik iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining 2-bosqichi boshlangan. Adam Smith oʻzining „An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations“ asaridagi fikriga koʻra, talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxlar asosida bozor oʻzini oʻzi boshqarishi mumkin (bozorning koʻrinmas qoʻli nazariyasi)[24]. Keyinchaliklaissez-faire nazariyasiga asosan doimiy barqaror iqtisodiyot haqida gipoteza paydo boʻldi. Gipotezaga koʻra, barcha bozorlarda mukammal raqobat mavjud, narxlarning doimiy oʻzgarishi talab va taklif holatiga bogʻliq va bozor hech qanday aralashuvsiz ham muvozanatga kela oladi[25]. XIX asrda David Ricardo oʻzining nisbiy ustunlik nazariyasiga asoslanib, istalgan davlatlar oʻrtasida tashkil etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat ikki davlatga ham foydali boʻlishini isbotlab berdi[26][27]. Yana bir iqtisodchi olim Jean-Baptiste Say fikriga koʻra, yalpi talab va yalpi taklif oʻrtasida tengsizlik vujudga kelishi mumkin emas, chunki yalpi taklifni oʻzi yalpi talabni vujudga keltiradi. Keyinchalik bu fikr Say qonuni boʻlib fanga kirdi[28]. Klassik maktab vakillari oʻrganuvchi asosiy muammo resurslar taqchilligi hisoblangan. Shuningdek, ular iqtisodiy davrni qisqa va uzoq muddatlarga ajratishmas edi. Klassik maktab modeli Buyuk depressiya va Ikkinchi jahon urushi vaqtida deyarli ishlamadi, chunki iqtisodiyot shunday ogʻir ahvolda edi-ki, bozor muvozanatga kela olmas edi[29].

Yüklə 299,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin