14.2. Iqtisodiy o‘sishga omillari va tiplari Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o‘sishi sur’atlarini,
ko‘lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va
jarayonlar iqtisodiy o‘sish omillari deyiladi.
Iqtisodiy o‘sish omillari ikki guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh omillari ihtisodiy o‘sishni fizik (ashyoviy) jihatdan
ta’minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi:
sur’atga ega bo‘lsa intensiv ihtisodiy o‘sish ro‘y beradi.
“Iqtisodiy o‘sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining
oshishiga bog‘liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to‘g‘ri keladigan
mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishni, ishlab chiqarishning texnik
xususiyatlarini yaxshilashni ko‘zda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon
bo‘ladi:
fan va texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishni
yangilashda;
xodimlar malakasini oshirishda;
188
ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish,
assortimentini yangilashda”85.
Iqtisodiy o‘sishning bu ikki tipi sof holda ro‘y bermaydi. Iqtisodiy
o‘sish uni ta’minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi
darajasiga qarab ko‘proq ekstensiv, yoki ko‘proq intensiv bo‘lishi
mumkin.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirib borish, chuqur
qayta ishlangan, tayyor, qo‘shilgan qiymat hissasi yuqori bo‘lgan
mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish va ularning
YAIM hamda mamlakat eksportidagi ulushini ko‘paytirish muhim
ahamiyatga ega.
prognoz qilinmoqda.
14.3. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli Iqtisodiy o‘sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli
ko‘payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.
Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o‘sish modellari ham
real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko‘rinishda, shartli tarzda
grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi.
Iqtisodiy o‘sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud.
Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha:
1)ularning barchasi Keynsning yalpi talb to‘g‘risididagi bosh
g‘oyasiga tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq
muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni
oshirish deb qarashgan;
2)iqtisodiy o‘sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi,
boshqa ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi;
Keynscha iqtisodiy o‘sish modelidan soddarog‘i 40-yillarda E.
Domar tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi.
Keyns o‘z tahlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta’sirini qrgangani
o‘oldaa, yalpi taklifga ta’sirini ko‘rib chiqmaydi. Undan farqli tarzda
Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarn
barqaror xolatida ushlab turadi, nvestitsion lag «0» ga teng, kapital
quyilmalarni ng chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi.
E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi.
Ya’ni investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir ko‘rsatib yalpi talabni
oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab
chiqarishni rivojlantiradi, tovarldar taklifini oshiradi . Shunday ekan,
yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifning o‘sishiga teng bo‘lishi uchun
investitsiyalar qanday o‘sishi kerak degan savol paydo bo‘ladi. Bu
savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o‘z ichiga olgan
tenglamalar sistemasini tuzdi:
1)taklif tenglamasi; 2)talab tenglamasi; 190
3)talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining
qanchaga qo‘shimcha o‘sishini ko‘rsatadi . Ishlab chiqarish to‘plangan jami kapital bilan ta’minlanishi, milliy
daromad esa qo‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta’siri ostida
ko‘payishi sababli taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab
tenglamasida esa qo‘shimcha investitsiyalargina ko‘rib chiqilaadi.