58
tarafdan ancha to„kinchilikda yashardi. Shuningdek uning oilasiga badavlat qaynotasi
doim moddiy ko„mak ko„rsatib turardi. Va uning ushbu baxtiyor olami, 1909 suyukli
xotinining vafotidan so„ng ostin-ustun bo„lib ketdi. Garchi uncha ko„p muddat
o„tmay, Plank yana boshqa uylangan bo„lishiga qaramay, boshlangan o„sha baxtsizlik
uni muttasil ta‟qib etishda davom etaverdi.
Plank to„ng„ich o„gli Karldan 1916 yilda, I-jahon urushida judo bo„ldi. 1917
yilda qizi Greta ham, ko„zi yoriganidan bir hafta o„tib tug„ruq asoratlari tufayli vafot
etdi. Plankning ikkinchi qizi Emma, opasi Gretaning farzandini o„z qaramog„iga oldi.
Lekin Emmaning o„z pochchasi, ya'ni, marhuma opasining eri bilan munosabatlari
do„stona kayfiyat chegarasidan chiqib, ishqiy sarguzashtga aylanib ketdi. 1919 yilda u
o„z pochchasiga turmushga chiqdi. Lekin Emmaning peshonasiga ham opasiniki
singari taqdir bitilgan ekan. Aynan o„sha yili dekabrda u ham tug„ruq asoratlari
tufayli olamdan o„tdi.
O„sha zamonning eng nufuzli kishilaridan biri bo„lgan olim Albert Eynshteyn,
o„z do„sti Maks Bornga yozgan maktubida, olim Maks Plank qizi Emmaning vafoti
tufayli qanchalik qayg„uga cho„mganini ko„rib ezilib ketganini yozadi. U o„kinch
ko„z yoshlarini yashirolmay, musibatdan mislsiz zada bo„lganini aytadi. Emmaning
vafotidan biroz avval, Plank o„z hamksabi Rungega shunday yozgan edi:
«
Dostları ilə paylaş: