61
kerakligini, qolaversa, urush dahshatlari va uning oqbatida odamlar ko„rgan jabr-
sitamlardan tashqarida, millat tanlamaydigan umuminsoniy axloqiy qadriyatlar
mavjudligiga ishora qilib o„tadi.
1915 yil yozida nemis qo„shinlari Ipr yaqinida ittifoqchi qo„shinlarga qarshi
zaharli gazlardan foydalanib urush amaliyoti o„tkazishganidan keyin, bir tarafda
nemis olimlari va ikkinchi tarafda ingliz va fransuz olimlaridan turgan ochiq adovat
avj oldi. Kelajakda Nobel mukofoti laureatlari bo„lgan yetakchi nemis kimyogarlari
bo„lmish Frits Gaber (1868-1934) va Otto Gan (1879-1968) zaharli kimyoviy qurolni
tayyorlashda va uni harbiy amaliyotda qo„llashda faol ishtirok etgan edilar. Bunga
javoban fransuzlar shunday ishga bosh suqqan nemis olimlarini Fransiyaning har
qanday ilmiy jamiyatlaridan chetlatdilar. Ingliz ilmiy doiralarda ham shunday
choralar muhokama qilina boshlandi. Plank esa, Berlin fizika va matematika
akademiyalarida ham o„zaro ziddiyatdagi mamlakatlarning olimlariga nisbatan
shunday yo„l tutilishiga qarshi tura boshladi. Aynan uning ta‟siri ostida, shu kabi
keskin qarorlarni hech bo„lmasa urush yakiniga qadar kechiktirish borasida qarorga
kelindi. Shuningdek Plank, nemis olimlarini xalqaro ilmiy aloqalarni uzmaslikka
chaqiruvchi qator ishlarni amalga oshirdi.
Urush yakuniga ko„ra Germaniya mag„lub bo„ldi va Vilgelm II imperiyasi
quladi. 1918 yil oktyabrida Albert Eynshteynga yo„llangan maktubida, Plank o„y-
hayollarining va ruhiy holatining timsoli yaqqol namoyon bo„ladi:
«
Dostları ilə paylaş: