59
1914 yil avgustida Germaniya Belgiyaga bostirib kirdi. O„sha
paytda Maks Plank
Berlin universitetida rektor bo„lib ishlardi. Urushning boshlanishini u ko„trarinkilik
bilan qarshi oldi. Vatanparvarlik (lekin u qanaqasiga vatanparvarlik bo„lsin, axir u
urushni va o„zga mamlakatga tajovuz qilishni ma‟qullasa? –
tarjimon izohi
) kayfiyati
butun mamlakatni qamrab oldi. Ko„plab nemis olimlari va ziyolilari ham shunga
o„xshash ko„tarinki kayfiyatni his qilar edilar. Buni olimlar, ha aynan olimlar
tomonidan tayyorlangan manifest matni ham isbotlab turibdi. Ushbu manifest, jahon
diplomatik
doiralari tomonidan, nemis qo„shinlarining Belgiya yerlarida qilgan
hunrezliklarini qoralab qilgan ayblovnomalariga javoban qabul qilingan bo„lib, 1914
yilning 4-oktyabrida e‟lon qilingan va «
Madaniy olamga
» deb nomlangan. Lekin u
tarixda ko„proq
93-lar manifesti
nomi bilan mashhur. Chunki uni 93 nafar nemis
olimlari va ziyolilari imzolashgan edi.
Ular orasida, qanchalik g„alati bo„lmasin,
o„sha zamon nemis ilm-fanining eng yetuk olimlari, xususan, qahramonimiz Maks
Plank, shuningdek Frits Gaber, Feliks Klyayn,
Valter Nernst, Vilgelm Ostvald,
Vilgelm Vin va boshqalar bo„lishgan. Manifest matnini dramaturg Lyudvig Fuld
yozgan. Hozirda shunday taxmin mavjudki, mazkur manifestni imozlaganlardan na
Plank va na boshqa yetuk olimlar uni avvalo o„qib ko„rmay ham qo„l qo„yib
yuborishgan bo„lishsa kerak. Lekin basharti shunday bo„lgan
taqdira ham, bu vaj
ulardan mas‟uliyat va javobgarlikni soqit qilmaydi.
Mazkur hujjat o„zida vatanparvarlikning qandaydir mutaasib ko„rinishini aks
ettirgan bo„lib, fanatizm kayfiyati bilan yo„g„rilgan edi. Unda jumladan shunday
deyilgan: «
26 yillik boshqaruv davri mobaynida Vilgelm
II
butun olamni panoh
qiliguvchi shaxs sifatida o„zini namoyon qildi
». [...] «
Bizning qo„shinlar Lyuvenda
vahshiylarcha shavqatsiz harakat qilishgani g„irt uydirma! Aksincha, kvartiralarda
ularga quturgancha tashlangan mahalliy aholiga nisbatan, yurakda og„ir anchinish
bilan o„ch olishga majbur bo„lishgan va shahar aholisning ma‟lum qismini otib
Dostları ilə paylaş: