87
1910 yilda e‟tiboran, Albert Eynshteyn va boshqa fiziklarning amalga oshirgan ilmiy
ishlari tufayli kvant gipotezasining qanrov ko„lami ancha kengaydi. Lekin bu borada
hal qiluvchi ilmiy qadamni Daniyalik yosh olim Nils Bor (1885-1962) tashlab berdi.
Bor muallifligidagi «Atom va molekulalarning tuzilishi» nomli maqola
Physophical
Magazine
jurnalida nashrdan chiqqan bo„lib, aynan o„sha maqolada bizga hozirda
atomning Bor modeli
nomi bilan tanish bo„lgan tushunchalar ilk bora dunyo yuzini
ko„rgan edi.
Maqola nashrdan chiqqan
kuni Bor manchesterda, mashhur
fizik Ernest Rezerford huzurida
edi. Rezerford atomning musbat
zaryadlangan yadrodan hamda,
uning atrofidagai pog„onalarda
aylanuvchi manfiy zaryadlangan
elektrondan
iborat
ekanligi,
hamda, atomning deyarli barcha
massasi yadroda jamlanganligini
amalda isbotlab bergan edi. Bor
Rezerfordning
laboratoriyasida
ishlab, uning ilmiy g„oyalaridan
ilhom olardi. U atomlar ichida
eng soddasi bo„lmish – vodorod
atomi uchun
planetar model
deb
nomlanuvchi model ishlab chiqdi. U atom markazida joylashuvchi bitta musbat
zaryadlangan yadro hamda uning atrofidagi orbita bo„ylab aylanuvchi bitta manfiy
zaryadlangan elektrondan iborat. Bor modelida elektronlar yadro atrofida xuddi Yer
Quyosh atrofida va Oy Yer atrofida aylangani sigari, aylanasimon orbita bo„ylab
aylanadi deb talqin qilinadi.
Lekin Oy va elektron o„rtasida jiddiy bir farq mavjud: elektron – zaryadlangan
zarradir. Maksvell esa, elektronning aylana orbita bo„ylab harakat qilishida u
elektromagnit to„lqinlar taratishi kerak va agar rostdan ham shunday bo„lsa demak u
energiya yo„qotishi zarur deb taxmin qilgan edi. Bunday mulohazaga muvofiq,
elektron o„z orbitasida energiya yo„qotish bilan aylangani sayin, aylanasimon
orbitadan chetlashib, spiralsimon orbitaga o„tishi va oxir-oqibatda yadroga qulab
tushishi kerak. Lekin amalada tabiatda hech qachon bunday bo„lmaydi. ushbu boshi
berk ko„chadan chiqib ketish uchun Bor ham xuddi Plank singair ossilyatorlarga va
kvant gipotezasiga murojaat etdi. Bor, elektronlarning nurlanishni taratmaydigan
ham, yutmaydigan ham muayyan barqaror orbitalari bo„lsa kerak deb taxmin qildi.
Dostları ilə paylaş: