84
tarqatish ehtimolligi shu tarzda vujudga keldi. Energiyasining qiymati
hv
to„plamga
erishgan ossilyatorning nurlanish taratish yoki taratmasligi ehtimolligini Plank
hisoblab topa olardi.
Ushbu konsepsiyaning ilm-fan va ayniqsa texnika taraqqiyoti uchun beqiyos
muhimligi
shunda ediki, unda zamonaviy lazer texnologiyalari kurtak yoza
bosh;agandi. Plankning tarqatishning ehtimolligi konsepsiyasidan foydalangan
Eynshteyn, o„zining 1916 yildagi mashhur maqolasida, bu konsepsiyani yanada
kengroq tahlil qiladi va rivojlantiradi. Eynshteynning aynan o„sha
maqolasida
majburiy stimullangan nurlanishlar haqida ilk nazariy asoslar bayon qilingan bo„lib,
o„sha maqola keyingi davr olimlari uchun lazer texnologiyalarining ajoyib
imkoniyatlarini kashf etish borasida o„ziga xos yo„llanma o„laroq xizmat qilgan.
Xullas, kvant nazariyasi tarkibiga endilikda tarqatish ehtimolligi ham kirib
keldi. Aytish joizki, kvant nazariyasining otalari bo„lmish – Maks Plankning o„zi,
Eynshteyn va Shryodingerlarning birortasi ehtimoliylik tushunchasini kvant
mexanikasi ichiga kirib kelishini istashmagan va
bu boradagi fikrlarni qabul
qilishmagan. Ular kvant mexanikasidagi kelajak tadqiqotlar, albatta ehtimoliylikni
inkor etadi va kvant nazariyasi noaniqliklardan butunlay qutuladi deb umid qilishgan
edi. Ko„rib turibmizki, Plank yana bir bora, o„zi erkinlikka qo„yib
yuborgan asov
otini jilovlashga urinmoqda...
Maks Plank o„zining ilmiy faoliaytini boshlagan vaqtda, olimlar Vilgelm Ostvald
(1853-1932) va Ernst Max (1838-1916) olmon ilm-fanida katta obro„-e‟tiborga va
kuchli ta‟sirga ega bo„lib, ularning fikri ko„pincha haqiqat deb qabul qilinardi. Bu
ikkala olimlar kurtak ochib kelayotgan atom-molekulyar ta‟limotning qat‟iy
raddiyachilari bo„lib, atomizmni keskin inkor qilishardi. Ernst Max esa, nemis
pozitivizmi falsafa maktabining nomndor namoyondalaridan biri bo„lgan.
Ushbu
falsafiy tushunchalarga ko„ra, insonning his qilish orqali ololmaydigan tafakkur
mahsullari, xususan, ko„rish, eshitish yoki tegib, ushlab ko„rish vositasida egallanishi
mumkin bo„lmaydigan bilimlar inkor qilinadi. Shuningdek, bu falsafa tarafdorlari
evolyutsiya va taraqqiyotga nisbatan cheksiz e‟tiqodda bo„ladi.
Maxning falsafiy qarashlari Eynshteynning maxsus nisbiylik nazariyasini
barpo qilishida va umumiy nisbiylik nazariyasini shakllantiruvchi
yondoshuvlarni
ishlab chiqishida hal qiluvchi ta‟sir ko„rsatganligini olim o„zi qayd etib o„tgan edi.
Eynshteyn orqali Max shuningdek, Geyzenbergning kvant mexanikasi borasidagi
ishlariga ham ta‟sir ko„rsatgan (
bu haqida quyiroqda
).
85
Max energistlarning issiqlikning kinetik nazariyasi haqidagi tushunchalarini
qabul qilgandi. Energistlar atom nazariyasini rad etishardi. Ularning fikriga ko„ra,
agar atomlarni ko„rib, his qilib bo„lmasa, ular haqida
bahslashishdan hech bir naf
yo„q deb hisoblashardi.
1890 yilda yoq Maks Plank jur‟atli ravishda Ernest Maxni tanqid qilib,
mazkur nufuzli faylasufning termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni bilan bog„liq
ilmiy muammo va munozaraning mohiyatini tushunib yetmaganligiga sha‟ma qilib
o„tgandi. Qora jism nurlanishi qonunini kashf qilishidan avvalroq, 1896 yilda Plank
energistlarga qarshi yolg„iz kurashayotgan Boltsman tarafiga o„tadi va uning ilmiy
dasturiga qo„shiladi. Boltsmanning qarashlari nisbatan
asosli va mantiqqa yaqib
ko„rinardi. Bu haqida Plank shunday yozgandi:
«
Dostları ilə paylaş: