Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

yorug‘lik kvanti
singari 
xulosalarida fikran juda chuqurlashib ketishi, unga nisbatan qandaydir bir
ishonchsizlik yoki gina saqlash uchun asos bo„lmasligi kerak. Tavakkal 
qilmasdan turib, hatto eng qat‟iy aniq fanlarda ham biz uchun mutalqo 
yangilik bo„ladigan muvafaqiyatga erishib bo„lmaydi
». 
Ko„rib turibmizki, kvant gipotezasining muallifining o„zi bo„lgan Plank ham, 
unga nisbatan muayyan barqaror ishonchga ega emas, lekin, Eynshteynning bu 
boradagi ajabtovur va mumtoz fizika chegarasidan naridagi qarashlariga ham bir 
asosli yondoshuvga kela olmayapti. Shunga qaramay, adolat tarozusi baribir 
Eynshteyn tarafga tosh bosdi. 1914 va 1915 yillari amerikalik fizik Robert Milliken 
(1868-1953) AQSH fizika assotsiatsiyasiga o„zining uzoq yillar mobaynida olib 
borgan ilmiy tadqiqotlari natijalari, jumladan fotoeffekt hodisasi borasidagi 
tekshirishlari bayon qilingan qator hisobotlarni kiritdi. Unda Milliken olimlarga xos 
bo„lmagan g„lati oshkoralik bilan, tadqiqotlardan asosiy muddao, kvant gipotezasi 
borasidagi Eynshteynning qarashlarini inkor etish bo„lganini ta‟kidlaydi. Uning 1916 
yilda «
The Physical Review
» jurnalida e‟lon qilingan to„liq hisobotida quyidagilarni 
o„qish mumkin:
«
1905 yilda Eynshteyn fotoeffekt hodisasi va kvant nazariyasi orasidagi 
uyg„unlikka ishora qiluvchi birinchi munosabatni o„rnatdi va buning uchun u, 
hv
energiyaga ega bo„lgan hamda, energiyasi elektron vositasida 
uzatiladigan va yutiladigan yorug„lik zarrachasi haqidagi, anchayin dadil, 
lekin ta‟bir joiz bo„lsa, be‟mani 
[
Milliken inglizcha «reckless» so„zini 
qo„llagan
]
 gipotezani ilgari surdi. Gipotezani 
[...]
 be‟mani deb atash mumkin 
[...]
chunki, mantiqqa ko„ra, fazoda cheklangan elektromagnit tebranishlari, 
elektromagnit nurlanish konsepsiyasining aynan o„ziga ziddir
». 


79 
Biroq, qanchalik g„ayritabiiy bo„lmasin, yuqoridagi kabi keskin tanqidlardan 
so„ng, amerika fizigining maqolasi xotimada quyidagicha jumlalar bilan tugaydi va 
Eynshteynning haq ekanligiga zarracha shubha qoldirmaydi: 
«
Eynshteynning fotoeffektga taaluqli tenglamasi eng katta aniqlikdagi 
tekshiruvlar orqali sinab ko„rildi va bilishimcha, har gal olingan natijalarda 
nazariyot bilan o„ta aniqlikda muvofiqlikka erishildi
». 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin