76
1905 yilda Albert Eynshteyn fizika fani olamiga kirib keldi va o„shandan
boshlab, toki vafoti sodir bo„lgan davr – XX asrning 50-yillarigacha, fizika orkestrida
birinchi skripkani ijro eta boshladi. U bungacha ham qator ilmiy maqolalar bilan
chiqish qilgan edi. Lekin aynan 1905 yildagi uning maqolalari orqali, (ular 7 ta edi)
ilm-fan
uchun yangicha qarashlar, yangicha tushunchalar va yangicha asoslar kirib
keldi. Eynshteynni olamga mashhur qilgan nisbiylik nazariyasi haqida va uning rivoji
hamda mustahkamlanishi borasidagi Maks Plankning xizmatlari yuzasidan keyinroq
to„xtalib o„tamiz. Lekin bu o„rinda, Eynshteynning o„sha mashhur maqolalaridan
birining dunyo yuzini ko„rganidan so„ng, uning ta‟sirida kvant gipotezasining
taraqqiyotida ham qandayin tub burilish yuz berganini ko„rib chiqsak. O„sha hal
qiluvchi maqola «Yorug„likning paydo bo„lishi va shakl o„zgarishlariga taaluqli bir
evristik nuqtai nazar haqida» degan g„alati sarlavha bilan bosilgan edi. Odatda
fotoeffekt borasida gap ochilganida albatta ushbu maqola tilga olib o„tiladi.
Lekin
fotoeffekt hodisasi o„sha mashhur maqolada tilga olingan ko„p sonli mavzulardan biri
edi xolos. Eynshteyn maqolalari juda sodda va xalqchil tilda yozilganligi bilan ajralib
turardi. Undagi texnik va ilmiy tafsilotlar ham, tushunishga juda oson tilda bayon
qilingandi. O„sha maqolaning kirish qismidan iqtibos keltiramiz:
«
Uzluksiz nuqtaviy funksiyalariga tayanuvchi, yorug„likning to„lqin
nazariyasi sof optik hodisalarni tushuntirishda nihoyatda aniq bajarilmoqda
va
ehtimolki,
bu
borada
boshqa
biron-bir
nazariya
bilan
uni
almashtirilimaydi. Lekin shunga qaramay, unutmaslik kerakki, optik
kuzatuvlar, oniy kattaliklarga emas, balki, vaqt bo„yicha o„rtacha olingan
kattaliklarga suyanadi. Shu sababdan, difraksiya, dispersiya, akslanish,
sinish, va shunga o„xshash nazariyalarning amaliy tajribada to„liq
isbotlanganligiga qaramay, shunday bo„lib chiqishi mumkinki, yorug„likning
uzluksiz fazoviy funksiyalarga tayanuvchi nazariyasi, aynan yorug„likning
o„zini paydo bo„lishi hamda, shakl almashinishlariga taaluqli hodisalarga
tadbiq etilganida, amaliyot bilan ziddiyatga kirishib qolishi mumkin.
Men haqiqatan ham, qora jism nurlanishi, fotolyuminessensiya,
ultrabinafsha nurlar bilan yoritishda katod nurlarining hosil bo„lishi, hamda,
yorug„likning paydo bo„lishi va shakl almashinishiga aloqador boshqa fizik
hodisalarga taaluqli tajribalar borasida, shunday o„ylaymanki, yorug„lik
energiyasining fazo bo„ylab tarqalishi diskret ravishda sodir bo„ladi
».
Yana nima ham qo„shimcha qilish mumkin?!
Maqolaning birinchi qismi Plank qonunidan kelib chiquvchi ba‟zi
xulosalarning tahliliga bag„ishlangan. Ulardan biri ancha g„ayritabiiy: yetarlicha past
77
intensivlikdagi nurlanish entropiyasi ideal gaz tenglamasiga o„xshash
ifoda orqali
bayon qilinadi. Bu fakt esa, yorug„likning mustaqil zarrachalardan tashkil
topganligini tasdiqlaydi. Eynshteyn o„z maqolasida yo„l-yo„lakay, Reley-Jins qonuni
mumtoz statik fizika tamoyillariga tayanib keltirib chiqarilgani va Plank qonuni esa
bunday emasligiga ishorat berib o„tadi. Maqolaning ikkinchi qismi fotoeffekt
hodisasiga, ya'ni, ultrabinafsha yorug„lik bilan yoritilganda katod nurlarining hosil
bo„lishi masalasiga bag„ishlanadi. Bu hodisani Genrix Gers tomonidan, elektromagnit
to„lqinlarning mavjudligi isbotlanganishiga olib kelgan tadqiqotlar mobaynida kashf
qilingan edi. To„lqinlar
detektori sifatida Gers, ikkita o„zaro yaqin turgan metall
poynaklardan foydalangan edi. Ular orasidan elektromagnit to„lqinlar o„tganida,
oraliqda uchqun chaqnar edi. Agar poynak elektromagnit to„lqinlar qo„zg„atuvchi
(generatsiyalovchi) asosiy razryadga yaqin joylashgan bo„lsa, uchqun chaqnashining
yorqinligi anchayin kuchli bo„lardi va aksincha, detektorning berk holatida uchqun
juda xira chaqnardi. Gers, ultrabinafsha nurlar metalldagi zaryadning kuchayishiga
xizmat qiladi degan xulosaga keladi.
Bu masala bilan Eynshteyn shug„ullana boshlaganida, ultrabinafsha nurlari
metall sirtidan elektronlarni urib chiqarishi fanda allaqachon ma‟lum edi.
Elektronlarning energiyasi nurlanishning
intensivligiga emas, balki, chastotasiga
bog„liq ekanligi ham olimlarga ancha avvalroq ayon bo„lgandi. Bu muammo
yuzasidan fikrlar ekan, Eynshteyn unga Plankning kvant gipotezasini tadbiq etdi va
quyidagicha mulohaza yuritdi: agar yorug„lik kvanti energiyasi to„laligicha
elektronga uzatilsa, biz shunday taxmin qilishimiz mumkinki, metalldan uzilib chiqin
ketish uchun doimiy
Dostları ilə paylaş: