Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion


Kichik maktab yoshidagi bolalar tafakkurini o’rganish metodikasi



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/54
tarix10.09.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#142383
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
psixologik xizmat

Kichik maktab yoshidagi bolalar tafakkurini o’rganish metodikasi 
Mazkur metodika kichik maktab yoshidagi bolalarda tushunchalar, turli 
ob’ektlar o’rtasidagi sababiy bog’lanish, o’xshashlik haqidagi tasavvurlarning 
shakllanganligini o’rganish uchun xizmat qiladi. U 20 ta savoldan iborat. Psixolog 
bolaga har bir savolni o’qib beradi va bolaning javobini qayd etadi. Har bir 
savoldan so’ng qavs ichida to’g’ri javob keltirilgan. 
Savollar. 
1.
Ot kattami yoki itmi? (ot)
2.
Ertalab nonushta qilamiz, peshindachi? (tushlik)
3.
Kunduzi yorug’, kechasi-chi? (qorung’u)
4.
Osmon havo rangda, o’tlar – chi? (yashil) 
5.
Gilos, nok, olma, olxo’ri – bular nima? (meva) 
6.
Nima uchun hali poezd o’tmasdan shlagbaum tushiriladi?
(mashinalarni to’xtatib turish uchun) 
7.
Toshkent, Samarqand, Buxoro – bular nima? (shahar) 
8.
Soat necha bo’ldi? (bolaga soat ko’rsatiladi?)
9.
Sigirning bolasi buzoq, itning bolasi kuchukcha, qo’yning bolasi-chi?
(qo’zichoq) 
10.
It ko’proq tovuqqa o’xshaydimi yoki mushukkami? (mushukka) 
11.
Nima uchun avtomobillarda tormoz bor? (mashinani sekinlashtirish 
ma’nosidagi har qanday javob to’g’ri bo’ladi) 
12.
Bolg’a bilan bolta nimasi bilan bir-biriga o’xshaydi? (o’xshash 
vazifalarini bajaruvchi asboblar mazmunidagi har qanday javob to’g’ri) 
13.
Olmaxon bilan mushuk nimasiga ko’ra o’xshaydi? (kamida ikkita 
o’xshash belgi sanab o’tilishi kerak) 
14.
Mix bilan vintning nima farqi bor? (mixning usti tekis, vint g’adir – 
budur, mix bolg’a bilan qoqiladi, vint burab kiritiladi) 
15.
Futbol, tenis, suzish – bular nima? (sport, fizkulьtura) 
16.
Qanday transport turlarini bilasan? (kamida ikkita har xil transport 
sanab o’tilishi kerak) 
17.
Qari odam yoshdan nima bilan farqlanadi? (kamida ikkita muhim farqli 
belgi sanab o’tilishi kerak) 
18.
Odamlar nima uchun sport bilan shug’ullanadi? (sog’lom bo’lish 
uchun, baquvvat bo’lish uchun, kuchli bo’lish uchun, g’alaba qozonish uchun, 
chempion bo’lish uchun) 
19.
Odamlar ishlamasa nima bo’lishi mumkin? (narsalar yarata olmaydilar, 
narsalar sotib ololmaydilar, qiynalib yashaydilar kabi javoblar) 


81 
20.
Odamni nima uchun qamab qo’yadilar? (yomon ish qilgani uchun 
mazmunidagi har qanday javob, boshqalarga zarar yetkazmasligi uchun degan 
javob to’g’ri). 
Natijalarni qayta ishlash. 
Agar bolaning javobi to’g’ri javobga mos kelsa, unga 0,5 ball, qisman 
to’g’ri kelsa 0,25 ball qo’yiladi. Javobni baholashdan avval bolaga savolni to’g’ri 
tushuntirilganligiga ishonch hosil qilish kerak. Zarurat tug’ilganda psixolog ayrim 
so’zlarning ma’nosini izohlab berishi lozim (masalan, shlagbaum so’zi izoh talab 
qilish mumkin). 
Natijalarni baholash. 
10 ball – juda yuqori darajada 
8 – 9 ball – yuqori daraja 
4 – 7 ball – o’rta daraja
2 – 3 ball – past daraja
0 – 1 ball – juda past daraja 
(Metodika manbasi: Nemov R.S.Psixologiya: Ucheb.dlya stud.vыssh.ped.ucheb.zavedeniy: V Z 
kn. – Z ye izd. – M.: Gumanitar.izd.tsentr VLADOS, 1999. – Kn. Z. Psixodiagnostika. Vvedenie 
v nauchnoe psixologicheskoe issledovanie s elementami matematicheskoy statistiki. 81 - 83 
betlar.)

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin