Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/54
tarix10.09.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#142383
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
psixologik xizmat

Eslatma:
mazkur anketa individual tarzda hamda guruhda qo’llanilishi mumkin. 
Natijalarni qayta ishlash uchun quyidagi kalitdan foydalaniladi. 
Savollar
1-javob uchun ball 2-javob uchun ball 3-javob uchun ball 














79 
























10 



Natijalarni baholash: 
1. 25 – 30 ball. O’quv motivatsiyasi yuqori. Bunday bolalar o’zining bilish 
motivi kuchli ekanligi, barcha topshiriqlarni yaxshi bajarishga intilish bilan ajralib 
turadi. 
2. 20 – 24 ball. O’quv motivatsiyasi o’rtacha. Bunday o’quvchilar guruhi 
o’quv faoliyatini ancha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bolalardan tashkil topadi. 
3. 15 – 19 ball. Maktabga munosabat ijobiy, ammo bolani ko’proq o’qish 
bilan bog’liq bo’lmagan tomonlar qiziqtiradi. Bunday o’quvchilar maktabda 
o’zlarini yaxshi his etadilar, biroq maktabga asosan o’rtoqlar, o’qituvchilar bilan 
suhbatlashish, chiroyli o’quv qurollariga ega bo’lish uchun boradilar. 
4. 10 – 14 ball. O’quv motivatsiyasi past. Bunday bolalar maktabga 
borishni xohlamaydilar, darslarda bekorchi narsalar bilan shug’ullanib, o’ynab 
o’tiradilar. 
5. 10 balldan past. Maktabga nisbatan salbiy munosabat, moslashmaganlik 
mavjud. Bunday o’quvchilar o’quv faoliyatini bajarishga qiynaladilar, tengdoshlari 
va o’qituvchilar bilan bo’lgan munosabatda muammolarga duch keladilar, ularda 
ayrim hollarda nerv – psixik salomatlikning buzilishi kuzatiladi. 
Eslatma: Anketani ikki usulda qo’llash mumkin. 
1 – usul. Savollar eksperementator tomonidan o’qib eshittiriladi va javob 
variantlari taqdim etiladi, bolalar o’zi tanlagan javobni yozib qo’yadi. 
2 – usul. Savollar har bir bolaga alohida – alohida yozma ko’rinishda 
tarqatiladi, bolalar tegishli javoblarni belgilaydilar. 
Metodika haqida qo’shimcha ma’lumot: so’rovnomadagi savollar 200 
nafar 6 – 8 yoshdagi o’quvchi bilan o’tkazilgan so’rov asosida bolalarning 
maktabga, o’qish jarayonida bo’lgan munosabatini to’liqroq aks ettiruvchi savollar 
sifatida ajratib olingan. 
(Metodika manbasi: Ratanova T.A., SHlyaxta N.F. Psixodiagnosticheskie metodы 
izucheniya lichnosti: Uchebnoe posobie. – Pererabotannoe i dopolnennoe izdanie posobiya: 


80 
T.A.Ratanova, L.I. Zolotareva, N.F.SHlyaxta «Metodы izucheniya i psixodiagnostika lichnosti» - 
M.: Moskovskiy psixologo – sotsialьnыy institut: Flinta, 1998. 60 – 64 betlar.) 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin