43
harakatchanligi
bilan
sifatlanadigan
individual
xususiyatlar
yig’indisi.
Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo’lishi.
Temperament his -tuyg’ularning paydo bo’lish tezligi va kuchida hamda kishining
umumiy harakatchanligida namoyon bo’ladigan
individual - psixologik
xususiyatlarining majmuidir. Agar turli odamlar temperamentlari taqqoslab
ko’rilsa, unda temperamentlarning xususiyatlari jihatidan o’xshash juda ko’p
guruhi borligi aniqlangan. Ana shu asosda eramizning 1-asrlarida
bir necha turli
temperament tiplari haqida taxmin qilingan. Bunda temperament tipi deganda,
odamlarning qandaydir juda ko’p guruhlarini ifodalovchi
psixik xususiyatlarini
yig’indisi tushunilgan. Temperamentni 1-marta eramizdan oldingi 5 asrda
yashagan vrach Gippokrat 4 ta tipga ajratadi, hozir bu tiplar Gippokrat tiplari deb
ataladi. Tiplar quyidagicha nomlangan: ”Sangvinik”(qon),“Xolerik”(safro),
“Flegmatik”(balg’am), “Melanxolik” (qora o’t).
Hozirgi paytda tushunchalar
yangicha mazmun kasb etmoqda. Temperament tiplarining psixologik tavsifi
quyidagi asosiy xususiyatlar bilan aniqlanadi:
1. Senzitivlik, ya’ni psixik reaktsiyani yuzaga keltirmoq uchun zarur bo’lgan
nihoyatda kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab xulosa chiqarish.
2. Reaktivlik - bir xil kuch bilan ta’sir qiluvchi tashqi va ichki taassurotlarga
odam qanday kuch bilan emotsional reaktsiya qilishiga
qarab xulosa chiqarish -
hissiylik va ta’sirlanuvchanlik.
3. Faollik - odam qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir etishi va
maqsadlarini amalga oshirilishida tashqi hamda ichki qarshiliklarni faollik bilan
yengishidir.
4. Reaktivlik va faollikning o’zaro munosabati
- bu hakda biz odamning
faoliyati ko’p jihatdan nimaga bog’liqligiga qarab, ya’ni tasodifiy tarzdagi tashqi
yoki ichki sharoitlariga (kayfiyat va boshqa) yoki
maqsadlarga intilish va
niyatlarga bog’liqligiga qarab xulosa chiqarish.
5. Reaktsiya tempi - bu hakda har turli psixik reaktsiyalar va jarayonlarning
o’tish tezligiga, ya’ni harakat tezligiga, nutq tempiga, farosatlilikka,
aql tezligiga
qarab xulosa chiqaramiz.
6. Harakatlarning silliqligi va unga qarama -qarshi sifat bo’lgan rigidlik
(qotib qolganlik). O’zgaruvchan tashqi sharoitlarga
qanday yengillik bilan yoki
sust va qoloqlik bilan moslasha olish.
7. Ekstrovertirovanlik va introvertirovanlik.
Dostları ilə paylaş: