Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/54
tarix10.09.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#142383
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
psixologik xizmat

х х
х х 
х х
х х 
+ +

+ + 








¤ ¤ 
¤
¤ ¤ 
х х
 х 








































23 
24 
25 
26 
27 
28 


51 
















30 
29 


52 
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bola shaxsi va shaxslararo munosabatlarini 
tashxis qilish. 
 
Maqsad: Pedagog psixologlarni maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning 
shaxsi va shaxslararo munosabatlarni tashxis qilishga o’rgatish hamda ko’nikma va 
malakalarini shakllantirish. 
Bog’cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko’ra, bu davrni 3 
bosqichga ajratish mumkin: 
- birinchi davr - 3- 4 yosh oralig’ida bo’lib, emotsional jihatdan o’z-o’zini 
boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog’likdir; 
- ikkinchi davr - 4- 5 yoshni tashkil qilib, axloqiy o’z-o’zini boshqara olish 
bilan bog’liq; 
- uchinchi davr esa, shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatlarini 
shakllanishi bilan tavsiflanadi. 
Maktabgacha davrda axloqiy tushunchalar borgan sari qa’tiylasha boradi. 
Axloqiy 
tushunchalar 
manbai 
sifatida 
ularning 
ta’lim-tarbiyasi bilan 
shug’ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari ham bo’lishi mumkin. 
Axloqiy tajribalar asosan muloqot, taqlid qilish, jarayonida, kattalarning maqtov va 
tanqidlari ta’sirida o’tadi hamda mustahkamlanadi. Bu baho va maqtovlar bolaning 
muvaffaqiyatga erishishiga bo’lgan harakatlarining rivojlanishida muhim o’rin 
tutadi. 
Bog’cha yoshidagi davrda bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga 
keladi, bu shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. SHaxsiy muloqot motivlari – bu 
bolani tashvishga solayotgan ichki muammolar bilan bog’liq, ishbilarmonlik 
motivi esa, u yoki bu ishni bajarish bilan bog’liq bo’lgan motivlardir. Bu 
motivlarga asta-sekinlik bilan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash bilan 
bog’liq o’qish motivlari quyidagi: 3-3,5 yoshlar oralig’ida o’zlarining 
muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o’z munosabatlarini bildiradi va bu 
munosabat, asosan o’zlariga beradigan baholar asosida shakllanadi. 4 yoshli 
bolalar esa, o’z imkoniyatlarini real baholay oladilar. Lekin, 4-5 yoshli bolalar hali 
shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek 
o’zlari haqida ma’lum bir xulosani bera olmaydilar. O’z-o’zini anglashi layoqati 
katta bog’cha yoshida rivojlanib, avval u qanday bo’lgani va kelajakda qanday 
bo’lishini fikrlab ko’rishga harakat qiladilar. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini tadqiq qilish juda murakkab 
jarayondir, chunki ko’pgina shaxsni tadqiq qilish metodlari, katta yoshli odamlarga 
mo’ljallangan va bolani o’z-o’zini tahlil qilish imkoniyatlariga asoslanmagan. 
Bundan tashqari psixodiagnostika yordamida o’rganaladigan shaxs sifatlari 
maktabgacha tarbiya yoshida to’liq shakllanmagan va beqarordir. 
Bolalar psixodiagnostikasi ixtiyorida faqat maxsus proektiv metodlar ya’ni 
bolani yutuqqa erishish motivlari va xavotirlanish holatlarini o’rganish metodlari 
mavjuddir yoki shaxs sifatlarini baholashda ekspert metodlaridan foydalanish 
mumkin. Bunda ekspert sifatida bolani yaxshi biladigan kattalar, tarbiyachilar, ota-


53 
onalar maydonga chiqadilar. Faqat ana shunday tarzda bolani shaxs sifatlariga 
baho bera olish imkoniyatlariga ega bo’lamiz. 
Birinchi metodikamiz bolalardagi yutuqqa erishish motivining taraqqiyot 
darajasini baholashga mo’ljallangan. Bunda maktabgacha tarbiya yoshdagi 
bolalarning har-xil vaziyatlardagi faoliyatida muvaffaqiyatga faol intilishlari tadqiq 
qilinadi. Yutuqqa erishish motivi shaxsga tug’ma holatda berilmaydi. Balki 
maktabgacha tarbiya yoshida shakllanib borib, bola maktabga qabul qilinayotgan 
davrga kelib, bola beqaror shaxs sifatiga aylanishi mumkin. 5-6 yoshli bolalarda, 
ushbu ehtiyoj ularning individual sifatlarida bir-biridan juda katta farqlanadi. 
Bunda yutuqqa erishish motivi kuchli bo’lgan bolalar asosan hayotida juda katta 
muvaffaqiyatlarga erishadilar. Agar ushbu ehtiyoj sust rivojlangan bo’lsa, u holda 
omadsizliklardan qochish motivi bolalarda yuqori o’rinda turadi. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin