44
Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o’z
hissiyotlarining namoyon bo’lishini va o’zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab
qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi,
diqqatini tez to’playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Harakatlari nihoyat darajada
silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda
o’zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. Yangi talablar, yangi
sharoitga osonlik bilan o’rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko’cha oladi.
Malakalarni tez o’zlashtiradi va tez qayta o’zgartiradi. Aqli ixcham.
Ekstrovertirovanlik xususiyatiga ega. O’tgan va kelajak hayot haqida
tasavvurlariga qaraganda ko’proq tashqi taassurotlarga javob beradi.
Xolerik
- xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda
faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. SHuning
uchun u tinimsiz o’zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka
qaraganda ozroq silliq va ko’proq qotib qolgan. SHuning uchun intilishlari va
qiziqishlarida katta barqarorlik, zo’r qat’iylik bor, diqqatini kuchirishda
qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi.
Flegmatik
- senzitivligi sust, hissiy qo’zg’aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini
chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Hamma bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u
vazminligicha qolaveradi. Katta ko’ngilsiz hodisa yuz berganda ham
osoyishtaligini buzmaydi. Imo - ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. g’ayrati,
ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik
qiladi. CHidamliligi, matonati, o’zini tuta bilish bilan ajralib turadi.
Harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan
to’playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko’chiradi. Yangi
sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvertirovanlashgan. Yangi odamlarga
qiyinchilik bilan qo’shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.
Melanxolik
- yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi
chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko’ra, ko’zlaridan yosh oqib ketaveradi.
Nihoyatda arazchan, sekin yig’laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O’ziga
ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug’iladigan bo’lsa, qo’lini yuvib
qo’ltig’iga urib qo’ya qoladi. G’ayratsiz, qat’iy emas. Diqqati tez chalg’iydi,
barqaror emas. Psixik tempi sust, rigid (qotib qolgan). Introvertirovanlik
xususiyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: