Volume: 02 Issue: 03 | 2022 ISSN: 2181-2624 www.sciencebox.uz Analytical Journal of Education and Development 59
Virtual laboratoriya - tajribalar o‟tkazish va fanlarni qiziqarli tarzda o‟rga-nish uchun ideal muxit
bo‟lib hisoblanadi. Interfaol virtual reallik oddiy eks-perimentlar bilan bir qatorda quyida sanab
o‟tilgan murakkab eksperimentlarni ham o‟tkazish imkoniyatini beradi;
qimmat va murakkab jixozlarni talab qiluvchi eksperimentlar;
real sharoitlarda o‟tkazish qiyin yoki amalda mumkin bo‟lmagan eksperimentlar;
real sharoitlarda katta mablag‟larni talab qiluvchi eksperimentlar;
qisqa vaqt davomida o‟tkazilishi zarur bo‟lgan eksperimentlar va x .k.
Virtual laboratoriya ishlarini ma‟ruza materiallariga qo‟shimcha ravishda ma‟ruza vaqtida ham
namoyish qilish mumkii. Bunda ma‟ruza va laboratoriya mashg‟ulotlari o‟rtasidagi vaqt bar‟eri
olib tashlanadi, natijada o‟qitish samaradorligi va sifati ortadi. Virtual laboratoriyalarni samarali
tarzda qo‟llash o‟qitish sifatini orttirish bilan bir qatorda katta mablag‟larni tejash imkoniyatini
ham beradi.
Physics education tehnology dastur paketining o‟ziga xos xususiyatlari va undan foydalanish
o‟quv jaroyoni samaradorligini oshishiga yordam beradi. Fizika yo‟nalishida 2001 yildagi Nobel
mukofotining laureati K.Viman tomonidan «Physics Education Technology» (PhET) sayti
yaratilgan. PhET saytida har xil mavzularga oid modellar mavjud bo‟lib, ular Java da yaratilgan.
PhET saytida taqdim etilayotgan modellar Open Sourse bo‟lib, xohlagan foydalanuvchi bepul
foydalanishi mumkin. PhET dagi modellar soni 100 dan ortiq bo‟lib ular fizika, matematika,
kimyo fanlariga oid modellashtirish imkoniyatiga ega dasturlardan iboratdir. Quyidagi rasmning
chap qismida fanlar ro‟yxati mavjud bo‟lib, fan tanlanishi bilan unga aloqador simuliyatorlar
ro‟yxati o‟ng qismda aks etadi. Xususan, fizika faniga oid 90 dan ortiq modellar mavjud;
biologiya faniga oid 10 dan ortiq modellar mavjud; matematika faniga oid 7 ta model mavjud;
ximiya faniga oid 20 dan ortiq modellar mavjud bo‟lib bu modellarning soni har oyda oshib,
takomillashtirilib boriladi. Quyida ushbu saytda fizika faniga oid biror labaratoriya ishini qanday
bajarilishini ko‟rib o‟tamiz:
1. PhET laboratoriyalarining online manzili URL: http://phet.colorado.edu/ saytiga kiramiz.
1-rasm.
2. Sayt oynasi ochilgandan so‟ng unda ishchi oynasi paydo bo‟ladi va biz u yerdan o‟zimizga
kerakli fanni tanlaymiz (1-rasm).