Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Reja: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar



Yüklə 74,16 Kb.
səhifə16/21
tarix19.05.2023
ölçüsü74,16 Kb.
#117091
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 2-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (4)

II. Sinf rahbarininng vazifalari. Sinf rahbarining asosiy vazifasi – o‘quvchilarning ahil guruhlarini, aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishchan jamoani tashkil qila olish va ularni ta'lim-tarbiyali shaxslar, kelajagi buyuk davlatning haqiqiy egalari, komil insonlar etib voyaga yetkazishdir. Sinf rahbarlari o‘quvchilariga mehribon bo‘lishi, ularning o‘sib-ulg‘ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat etishi, yordamga muhtoj o‘quvchilarga yakka holda yondosha olishi lozim. Shu asosda ular qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, mas'ulliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarini uyg‘otadi. Sinf rahbari ishini o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini va umumiy rivojlanish darajalarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi.
Jumladan:

  • O‘quvchilarni Milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari ruhida tarbiyalash yo‘nalishida;

  • O‘quvchilarni Vatanga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muhabbat va fidoiylik, Davlat ramzlariga sadoqat, Milliy g‘oya ruhida tarbiyalash;

  • O‘quvchilar ongiga o‘zi tug‘ilib ulg‘aygan yurtiga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg‘ularini singdirish, yurtimizda bunyod etilayotgan inshootlarga, ma'rifat maskanlari bilan tanishtirib borish;

  • Sinfda o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz, milliy odob-ahloq me'yorlarini tadbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash;

  • O‘quvchilarni o‘zbek va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy, milliy an'analariga hurmat ruhida tarbiyalash;

III. Ota-onalar va mahalla bilan hamkorlikda: Barkamol avlodni tarbiyalashda «Mahalla, maktab va oila hamkorligi» konsepsiyasini hayotga tatbiq etish, aniq belgilangan reja asosida sinf ota-onalar majlislarini o‘tkazib borish;
O‘quvchilarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, jumladan, kam ta'minlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, ota-onasiz bolalarning, homiylik va vasiylikka berilgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy huquqlarini himoyalash;
O‘quvchilarning maktabga belgilangan libosda kelishlarini nazoratga olish;
O‘quvchilar kundaliklarining yuritilishini nazorat va tahlil qilish, ularning o‘quv qurollarini mavjudligi va saqlashlarini kuzatib borish;
O‘quvchilarning turar joylari, uy sharoitlari bilan tanishish. Ularning sog‘ligi, maishiy holatlarini o‘rganish, yaxshilashga yordam berish. Uyda va maktabda madaniy dam olishlariga va mustaqil ishlashlariga sharoit yaratishga harakat qilish;
O‘quvchilarni turli salbiy diniy oqimlar ta'siriga tushib qolishlarini oldini olish, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
Sinf ota-onalar qo‘mitasi bilan hamkorlikda umummaktab ota-onalar majlislari, konferensiyalar, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish. Sinfda o‘tkazilgan tarbiyaviy ishlar yuzasidan pedagogik kengashlarda hisobot berish;
Darslarga muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlashda ularning ota-onalari, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilish;
O‘quvchilarda ota-onalar va kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash, kamtarlik, sahiylik va saxovatparvarlik, insonlarga yordam berishga tayyor turish, mehribonlik, mehnatsevarlik xislatlarini singdirib borish.

Yüklə 74,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin