Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati vazifasida: Yoshlarning xuquqiy bilimlarini oshirish orqali O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga hurmat hissini tarbiyalash, ayni paytda o‘zining fuqorolik huquq va burchlarini anglagan xolda yashashi, jamiyat xayotida ongli fuqaro, erkin shaxs sifatida ishtirok etish malakalarini shakllantirish.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining asosiy tamoyillarini keng targ‘ib qilish maqsadida bolalar va o‘smirlarning yoshiga mos ravishda ko‘rgazmali, video va audio maxsulotlar, bosma nashrlar tayyorlash, ma'rifiy tadbirlar uyushtirish.
Yoshlar siyosatiga doir qonun loyixalarini va boshqa me'yoriy - huquqiy xujjatlarni muxokama qilishda o‘z taklif va muloxazalari bilan qatnashish, yoshlarning hayoti, talab va extiyojlariga oid muammolarni o‘rganish, ularni hal etish yuzasidan O‘zbekiston Rsspublikasi Olly Majlisining qonunchilik palatasidagi sissiy partiyalar fraksiyalari xalq deputatlari, maxalliy Kengashlaridagi partiyalar guruxlari, jamoat birlashmalari hamda davlat xokimiyatiiiig tegishli ijroiya organlari bilan hamkorlik qilish.
Ma'naviy-ma'rifiy vazifasida:Yoshlar qalbi va ongida «Biz hyech kimdan kam bo‘lmaganmiz, hyech kimdan kam bo‘lmaymiz!» degan mukaddas tuyg‘uni o‘zbek xalqining farzandi ekaniligi bilan iftixor tuyg‘usini o‘stirish, ushbu maqsadga erishish yo‘lida yoshlarga xos soflik va jo‘shqinlik, g‘ayrat-shijoat, milliy g‘urur tuyg‘ularini oshirish.
Yoshlarning dunyo va mamlakat miqiyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, axborot xurujlariga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini va mustahkam mafkuraviy immunitetni tarbiyalash.
Yosh avlodni O‘zbekistan Konstitutsiyasiga, Davlat ramzlariga chukur hurmat-e'xtirom ruhida tarbiyalashning ta'sirchan tizimini yaratish.
Xalqaro terrorizm, diniy ekstrimizmning barcha ko‘rinishlariga, ma'naviyat va madaniyatimizga nisbatan qilinayotgan mafkuraviy xurujlarga, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligiga raxna soluvchi, yoshlarning iymon-e'tiqodi va ishonchini chalg‘ituvchi, ongini zaharlovchi, to‘g‘ri yo‘ldan ozdiruvchi har qanday g‘oya va mafko‘ralarga qarshi murosasiz ko‘rashchanlik muxitini yaratish.
Ijtimoiy adolat mezonlarining har qanday shaklda bo‘zilishiga, hayotimizda uchraydigan illatlar-poraxo‘rlik, oshna-og‘aynigarchilik, mahalliychilik, urug‘chilik, guruxbozlik, mansabparastlik, giyoxvandlik, qonun buzarlikning barcha ko‘rinishlariga xorijdan kirib kelayotgan milliy ma'naviyatimizga yot bo‘lgan illatlariga qarshi yoshlarning keskin va murosasiz munosabatini shakllantirish, voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida xuquqbo‘zarlikning oldini olishga qaratilgan samarali ma'naviy muhitni yaratishda Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashiga ko‘maklashish.
Yoshlar o‘rtasida atrof - muxitni, Vatanimizning betakror tabiatini asrab-avaylash, muxofaza qilishga yo‘naltirilgan ekologik tarbiyaning samarali usullaridan muntazam foydalanish.