Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Reja: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar



Yüklə 74,16 Kb.
səhifə6/21
tarix19.05.2023
ölçüsü74,16 Kb.
#117091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 2-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (4)

Ijtimoiy-ixtisodiy vazifasida: Yoshlarning jahon fani va madaniyati, zamonaviy texnololgiyalarni, xususan, axborot kommunikatsiyalarini puxta O‘zlashtirishlari orqali fan va milliy madaniyatimizni zamonaviy taraqqiyot cho‘qqisiga kutarishga yordamlashish.
Yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy, xuquqiy muammolarini xal etishga qaratilgan dasturlarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasidagi yoshlar va bolalar jamoat nodavlat notijorat tashkilotlarining shu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarni qullab-quvvatlash, ularga moddiy ijtimoiy yordam berishga qaratilgan «Yosh oila» dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Yoshlarning iste'dod va kobiliyatlarini ko‘llab-kuvvatlash vazifasida: Keng jamoatchilikning ishtirokida iqtidorli bolalar va o‘smirlarga, talabalarga, yosh olim va ijodkorlarga homiylik tizimini shakllantirish, xususan, yosh ixtirochilarning ilmiy tadqiqotlari va kashfiyotlarini amaliyotda qo‘llashiga, ma'muriy - idoraviy tusiqlarsiz, bevosita ishlab chiqarish tarmoqlarida sinab kurilishiga hamda yalpi ishlab chiqarishga joriy etilishiga amaliy yordam ko‘rsatish.
Mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan, zamonaviy fan - texnika yutulari bilan bog‘liq istiqbolli mavzular bo‘yicha ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borayotgan yosh olimlar va mutaxassislarni moliyaviy qo‘llab-kuvvatlashda qatnashish.
Fan va texnika, madaniyat, adabiyot va san'at sohasida yuksak muvaffaqiyatta erishgan yosh olimlar va ijodkorlarni «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlab borish.
Sport va jismoniy tarbiya, yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish vazifasida: Yoshlar orasida jismoniy barkamollikni targ‘ib qilish, sportning ommaviy va milliy turlarini, xalq o‘yinlarini rivojlantirishga ko‘maklashish, turli musobaqa va turnirlar o‘tkazish.
Bolalar sihat-salomatlik maskanlari va oromgohlarini, o‘smirlar va yoshlar sport to‘garaklari, seksiyalar va klublarini, jismoniy tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarini, bolalar va o‘smirlar sport maktablarini jamoat va homiylik yo‘li bilan qo‘llab-kuvvatlashni tashkil etish.
Yoshlar o‘rtasida tibbiy bilimlarni targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Qishlok joylarda sportni ommalashtirish uchun zarur sharoit yaratish va bevosita ishtirok etish, bunyod etilgan sport inshoatlari, bolalar sport maydonchalarini harakatning otalig‘iga olish, ulardan samarali foydalanishga erishish.
Maxallalarda, yoshlarning turar joylarida ularni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish, sport maydonchalari, mashg‘ulot zallari hamda sog‘lomlashtirishga xizmat qiladigan boshqa inshoatlar tarmog‘ini yanada kengaytirishga erishish.

Yüklə 74,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin